Логин:
Пароль:
Страница 1 из 11
O'zgacha FoRuM » HAJVIYA OLAMI / МИР ЮМОРА » QIZIQARLI VA AJABLANARLI FAKTLAR / ИНТЕРЕСНЫЕ И НЕВЕРОЯТНЫЕ ФАКТЫ » qiziqarli
qiziqarli

in_om

Дата: Среда, 03.03.2010, 22:44 | Сообщение # 1
Tezkor Forumchi
Группа: Faol User
Сообщений: 98
« »
Статус: Saytda Emas
Карнеги-Меллона университети олимлари "Одамларни лотерея чипталарини сотиб олишга нима ундайди?” деган саволга жавоб излаб, тадқиқот ўтказишган.

Давлат лотереяларида тушган маблағнинг ҳар долларидан фақат 53 центигина ютуқ учун ишлатилади, дейди олимлар. Бироқ ютиб олиш имконияти жуда кам бўлса-да, одамлар таваккал қилишдан ва омадларини синаб кўришдан чарчамайдилар.

Бундай ҳолатни барча қирралари билан тадқиқ этиш учун олимлар ўзига хос усул танлашган. Улар Питтсбург автобус станциясида кўнгиллилардан анкета сўровларини олиш йўли билан (уларнинг ўзларидан тадқиқот сабабларини яширган ҳолда) бунга эришишди ва сўровда иштирок этганларни шартли равишда икки гуруҳга бўлишди.

Биринчи гуруҳга "Сизнинг йиллик даромадингиз қанча?” деган савол билан мурожаат қилишиб, вариантлар сифатида "100 минг доллар атрофида”, "100 дан 200 минг долларгача”, "200 дан 300 минг долларгача”, деган жавобларни қўйишган. Иккинчи гуруҳга эса мазкур саволга қўйилган жавоб вариантлари сифатида "10 минг доллар атрофида”, "10 дан 20 минг долларгача”, "20 дан 30 минг долларгача”, "30 дан 40 минг долларгача”, деган жумлаларни кўрсатишган.

Барча саволларга жавоб олингач, уларнинг барчаси 5 доллардан беришган (гўёки сўров ўтказишда ёрдам берганлиги учун тақдирлаш мақсадида) ва бу пулга лотерея сотиб олишни таклиф қилишган. Худди мана шу жойда биринчи гуруҳ ўзларини камбағалдек, иккинчи гуруҳдагилар эса бойлардек тутишган.

Бунинг сабаби "камбағаллар” гуруҳидагиларнинг тенг ярми берилган пулга лотерея олмаган бўлса, "бойлар”нинг аксарияти ҳеч иккиланмай ўз омадини синаб кўришга қарор қилган.

Шунингдек, олимлар чипта сотилаётган жойларда кузатув ташкил этиб, лотереяларни кимлар сотиб олаётганини кузатишган ва бу ерда ҳам иккинчи гуруҳ вакилларининг кўпроқ эканини аниқлашган. Шундан сўнг тадқиқотчилар қатъий қарорга келишди: Камбағаллик лотерея чипталарини сотиб олишга ундовчи энг муҳим омил! Қашшоқ одамлар ўзларининг муаммоларини имконият жуда кам бўлган шундай ўйинлар ва тасодифлар орқали ҳал этишдан умидвор бўлишади. Шу боис олимлар ҳукуматга айнан мана шу гуруҳдагиларга алоҳида эътибор бериш лозимлигини маслаҳат беришган.



in_om

Дата: Среда, 03.03.2010, 22:45 | Сообщение # 2
Tezkor Forumchi
Группа: Faol User
Сообщений: 98
« »
Статус: Saytda Emas
Har kimning o’z qarichi...

Chumoli: Bu galvarslar aynan bizning yo’limizdan boshqa erga uy qurishga joy topisholmagan, shekilli.

Shilliqurt: Chumolilar – qalang’i-qasang’i. Buni qarangki, ular dunyoni buyuk shilliqurt bishqaraytganini xatto bilishmaydi.

Xo’roz: Hali tong otmagan, chunki men hali xabar berganim yo’q!

Chumchuq: Bulbul – buyuk qush. Ammo biz chumchuqlar xiylagina ko’pmiz.

Xalqaro bitim: Biz, quyonlar tovuqlar bilan bir-birimizni emaymiz, deb bitim tuzdik. Ko’raylikchi, qarchig’ay bunga nima der ekan?

Changalzordagi ikki yo’lbars: Biz tinchlik manfaati uchun uchrashdik va shunday biimga kelishdikki, endi birga ov qilamiz.

Tulki: Jamiki maxluqlar uch toifaga bo’linadi: dushmanlar, raqiblar va o’lja.

Baqa: Taraqqiyotmi? Ha, bilaman, bilaman. Mana, masalan, men bor-yo’g’i itbaliq edim.

Pashsha: Suratdagi dog’larni ko’ryapsizmi? Bu mening ishim, men ham rassomman.

Echki: Bo’rilar bilan tinch-totuv yashasak, dunyoda osoyishtalik bo’lardi.

Ho’kiz: Men aytayotibman-ku, kiyiklarni boshingizga urasizmi?!

Bog’langan echki: Dunyo shuncha ham tor bo’ladimi?

Deraza oynasidagi pashsha: Hayot chegarasi qaerda ekanini endi bildim.

Chumchuq: Ko’ryapsizmi, bahor kelishi uchun qancha chirqillashga to’g’ri kelyayotibdi?!

Madaniylashgan kalamush: Qishloqda men nima ham qilardim? U erda hatto meg’zava oqadigan quvurlar ham yo’q.

Bo’ri: Qo’chqorning niyati yomon edi – u mendan yashirinmoqchi bo’ldi.

Sichqon: Mushuk chumchuqni ushlab oldi, endi biz qo’rqmasak ham bo’ladi.

Sassiq qo’ng’iz: Hayot bir qonun asosida davom etmoqda. Dunyodagi hikmat bitta. Donishlamndlik ham bitta: qattiq bo’lish.

Bir kunlik kapalak: Yuz yoshli toshbaqa! Qanday qilib bu qadar qoloq bo’lish mumkin?!

Xazon: Zamonning talabimi? Bilamiz: yelda pildirash kerak.

Qo’shni: Bu Arximed deganlari qo’rqoq va sotqin. Bizning shaxarga dushman bostirib kelayotibdi-yu, u bo’lsa, chizma-chizig’i bilan ovora.

Yangi avlod:
- Yoshlarga yo’l bering!
- Necha yilga?
- Salkam ellik yil kifoya qiladi.

Diplomatiya: Biz, albatta, zo’ravonlikni qoralaymiz, ammo qurol-yarog’ yetkazib berishga tayyormiz.



in_om

Дата: Среда, 03.03.2010, 22:45 | Сообщение # 3
Tezkor Forumchi
Группа: Faol User
Сообщений: 98
« »
Статус: Saytda Emas
Bolaligida Ibn Sino onasidan «Nega osmon oldin katakchalardan iborat edi-yu, hozir o‘sha katakchalar yo‘q?» deb so‘ragan ekan. Bunday deb so‘rashiga sabab go‘dakligida onasi har xil hasharotlardan saqlash maqsadida uning yuzini elak bilan yopib qo‘yar ekan. Keyinchalik o‘sha manzarani bo‘lg‘usi tabib kuchli xotirasi yordamida xotirlay bilgan ekan. Haqiqatan ham xotiraning imkoniyatlari juda keng. Inson 20 mingdan 100 minggacha so‘zni eslab qolishi mumkin. Masalan, mashhur kompyuter dasturchisi Bill Geyts minglab kodlarni yoddan biladi, deyiladi. Sarkarda Aleksandr Makedonskiy esa askarlarini nomma-nom sanab bergani haqida rivoyatlar bor.

O'z navbatida kishi xotirasi juda ko‘p omillarga bog‘liq ekanini ham unutmaslik lozim. Kimdir ko‘rganini, kimdir eshitganini yaxshiroq eslab qoladi. Shuningdek, kishi xotirasida qiziqqan narsasi tezroq o‘rnashadi. Ba'zan esa ma'lum hissiy kechinmalar unutilgan voqealarni qayta jonlantirgan holatlar uchrab turadi. Hatto til o‘rganishga qobiliyati yo‘q, deb hisoblangan kishilar begona mamlakatga tushib qolganida, xotiralaridagi yangi qirralar kashf etilgani ham tajribalarda o‘z isbotini topgan.



in_om

Дата: Среда, 03.03.2010, 22:45 | Сообщение # 4
Tezkor Forumchi
Группа: Faol User
Сообщений: 98
« »
Статус: Saytda Emas
Yoshi qirqdan oshgan kishilar gap orasida «Xotira chatoq-da, qarichilik endi» deb qo‘shib ketishi odatiy hol. Aslida esa bunday emas. Ana shu bahonaga tayanadiganlar ko‘pincha faol o‘rganish davri tugaganidan keyin o‘rganishga ishtiyoqni yo‘qotishadi va xotirani zo‘r berib ishlatmasliklari natijasida shu ko‘yga tushib qolishadi. Vaholanki, xotirani charxlash kundalik ishiga aylanib qolgan, yoshi yetmishga yetgan aktyorlar butun boshli matnlarni qiynalmasdan yodlay olishlari barchaga ma'lum. Germaniya va AQSh kabi bir qator xorij mamlakatlarida esa, nafaqaga chiqqandan keyin talabaga aylanadigan qariyalar ko‘plab topiladi. Ular odatda ijtimoiy-gumanitar fakultetlarga o‘qishga kirishadi va yosh hamkurslari bilan baravar mashg‘ulotlarni o‘zlashtirib, imtihonlar topshirishadi. Demak, xotira zaiflashuviga yoshni sabab qilib ko‘rsatish asossiz bahona.

Kaliforniya universiteti tadqiqotchisi doktor Marion Daymond miya faoliyati ustida izlanishlar olib borib «Insonning qarishi xotiradagi hujayra bog‘larini yo‘qotmaydi», degan xulosaga keldi. Boshqa tadqiqotlar natijasi ham bu fikrni qo‘llab-quvvatlamoqda. Hatto, agar miya davomli ravishda ishlab, ta'limga yo‘nalib tursa, hujayralararo bog‘lar zichligi yanada mustahkamlanishi xususida qarashlar mavjud. Yetmish, sakson yoshli qariyalar bilan olib borilgan tadqiqotlarda aqliy faoliyatning turli davrlarida e'tiborga loyiq natijalarga erishish mumkin ekani isbotlangan.



O'zgacha FoRuM » HAJVIYA OLAMI / МИР ЮМОРА » QIZIQARLI VA AJABLANARLI FAKTLAR / ИНТЕРЕСНЫЕ И НЕВЕРОЯТНЫЕ ФАКТЫ » qiziqarli
Страница 1 из 11
Поиск:
Дизайн принадлежит ••● Www.UzBoyS.coM ●••
Sitemap | Sitemap-forum | Хостинг от uCoz