| Shou Biznes Yaniliklari |
|
SOBIRJON™ |
Дата: Среда, 12.08.2009, 08:32 | Сообщение # 1 |
|
|
|
Super User
|
|
|
|
Группа: FORUMCHI
|
|
Сообщений: 472
|
|
« »
|
|
|
Статус: Saytda Emas
|
|
|
Dalerdan prem'era! Bugun... Estradamizda ijod qilayotgan eng yosh xonanda Dalerdan yangi qo'shiq prem'erasini qarshi oling. "O'zbegim taronasi" radiosida soat 18:20da Dalerning "Julettam" nomli taronasi ilk bor jarang sochadi. Qo'shiq borasida fikrlaringizni kutamiz... "Julettam" taronasiga yaqin kunlarda klip ham suratga olinishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, Daler 12 avgustdan boshlab "Yigitlar-2" badiiy filmida ham suratga tushishni boshlaydi. Prem'erani tinglashni unutmang!:)
|
|
| |
|
|
SOBIRJON™ |
Дата: Вторник, 18.08.2009, 23:57 | Сообщение # 2 |
|
|
|
Super User
|
|
|
|
Группа: FORUMCHI
|
|
Сообщений: 472
|
|
« »
|
|
|
Статус: Saytda Emas
|
|
|
:("Bojalar" guruhi va ular bilan bo'lgan mudhish avtohalokat haligacha barcha OAVlarining diqqat markazida. Ba'zilar xali ham "Bojalar" guruhining solisti Mo'min Oripovning bevaqt o'limiga ishonmayotgan bo'lsa, boshqalar uning ota-onasiga ta'ziya bildirishmoqda. Bir necha kun ilgari portalimiz orqali Mo'min Oripovning volidalari Jamila aya bilan bo'lib o'tgan suhbatni havola qilishimiz haqida aytib o'tgan edik. Mana nihoyat, ko'plab muxlislarning talab va istaklariga binoan biz Mo'min Oripovning xonadoniga tashrif buyurdik... Kelganimizda, eshikni Mo'min Oripovning padari buzrukvori Mahmud aka ochib, ichkariga taklif qildilar. Mo'minning onasi va ukasi chiqib ketishganligini, tez orada qaytib kelishlarini aytdilar. Ular kelgunlariga qadar Mahmud aka bir kalima qur'on tilovat qilib, ko'zlariga yosh olib, Mo'min Oripov bilan bog'liq ba'zi-bir voqealarni so'zlab berdilar... – Mo'min, bu yil to'y qilib, ukasi Ma'murni yaxshi niyatlar bilan uylantirmoqchi edi. Lekin o'ylagan orzusiga yeta olmadi. Umri bunchalar qisqa bo'lmasa... Hech qachon dam olish nima ekanligini bilmay o'tdi. Xatto ba'zi katta san'atkorlar ham ta'ziyaga kelishganligida, Mo'minning o'zini ishi qolib, bizga yordam berardi,-deb bot bot eslashdi. – Maktabda 10 yil, oliygohda 4 yil o'qigan bo'lsa, darslardan umuman qochmagan. Har doim o'qituvchilari unga butun guruh yoki sinfni tashlab chiqib ketishardi. Mo'minjon ularga dars o'tardi... Darsdan tashqari esa ustozlaridan yordamini ayamasdi. Shu orada eshik taqilladi va Mo'minjonning onalari Jamila aya va ukasi Ma'mur kirib kelishdi. Ko'rishib, bir kalima qur'on tilovatdan so'ng, og'ir bo'lsada Mo'min Oripovning onajonlari Jamila ayani suhbatga tortdik... – Mo'min aka, haqiqiy iste'dod sohibi edi. Ular ijrosidagi xazilomuz va biroz xaqiqatni o'zida singdirgan qo'shiqlari xalqimiz orasida juda mashhur. Keling Mo'min akaning yoshlik damlarini esga olaylik. Umuman maktab davrida qanday edi... – Bolam mehnatda katta bo'lgan. Ilk bora maktabga borganida juda xursand bo'lganman. Har doim o'qituvchilari Mo'minga butun sinfni ishonib topshirib ketishgan vaqtlari ham bo'lardi. Maktabdagi tadbirlar Mo'minning ishtirokisiz o`tmagan. YOshligidan she'r yozib ham turardi. Undan tashqari bolam chiroyli rasmlar ham chizardi. Agarda maktabda biror tadbir uchun devoriy surat tayyorlanishi kerak bo'lsa, kechasi bilan o'tirib bo'lsa ham shuni tayyorlardi. So'nggi qo'ng'iroq kuni 200 ta shar sotib olishgan va kechasi bilan ustalarga sahna qurdirib sharlarni uxlamasdan ishirib bezab chiqishgan. So'nggi qo'ng'iroq bayramiga bag'ishlab she'r ham yozgan. (Jamila aya, shu o'rinda maktab davrida suratga olingan fotosuratlar va Mo'min Oripovning maqtov yorliqlari, ota-onasi uchun yuborilgan rahmatnomalar, a'lo darajadagi shahodatnomasi, turli mavzularda chizgan suratlari va esdalik sovg`alarini ko`rsatdilar. Narsalar orasidan Mo'minjon Oripovning so'nggi qo'ng'iroq bayramiga bag'ishlab yozgan she'ri chiqib qoldi. Quyida sizga ushbu she'rni xavola qilamiz)
|
|
| |
|
|
SOBIRJON™ |
Дата: Вторник, 18.08.2009, 23:58 | Сообщение # 3 |
|
|
|
Super User
|
|
|
|
Группа: FORUMCHI
|
|
Сообщений: 472
|
|
« »
|
|
|
Статус: Saytda Emas
|
|
|
Davomi... – 9-sinfda rus estradasining yulduzi Yura Shatunovning qo'shig'ini o'zbekchaga tarjima qilgan. Lekin ushbu she'rni qayerga qo'yganini topa olmadim. "Qorong'u tunda, oydin kechada kutay seni qaysi ko'chada" degan satrlari bor edi... Lekin bir marta ham o'gil bola bo'lib turib darsdan qochmagan. Qachon maktabga borsak, o'qituvchilari turgazib qo'yib bergan tarbiyalaringizga ming rahmat deb aytishardi. Bir kuni matematika o'qituvchisi chaqirdi. "Men bugun o'g'lingizga 2 baho qo'ydim",-dedi. "Nimaga 2 qo`yasiz",-desam, o'zini masalasini ishlab bo'lib, sinfdagi boshqa hamma o'quvchilarning masalasini ham ishlab beribdi. Shuning uchun 2 baho qo'ydim dedilar... Ta'ziyaga sinf rahbari Vasila opa keldilar, ishonmayman deb. Maktabni A'lo darajali shahodatnoma va turli xil maqtov yorliqlari bilan tamomlagan. Undan so'ng, institutga xujjatlarni topshirdi va imtihon javoblari e'lon qilinganida, hursand bo'lib keldi. "Onajon byudjetda 1-o'rinda turibman",-dedi. Mo'minjonimning vafotidan so'ng barcha narsalarini olib qo'yganman. O'g'li Bilolxo'ja katta bo'lganida ko'rsataman. – Sizlar bilan munosabati qanday edi, Fe'l-atvori borasida nima deya olasiz? – Qanaqa munosabatda bo'lardi? Bolam bilan o'rtamizda hech ham sir bo'lmagan. Har doim adajon-oyijon deb chaqirardi. Hech kimga qattiq gapirmagan. Na bizlarga, na turmush o'rtog'i va na bolasiga... Hammamizga shirinso'zlik bilan murojaat qilardi. O'rtoqlari xazil qilib, ha bundoq so'kib turgin,-deb o'rgatisharkan... (Shu o'rinda Jamila aya Jahongir Poziljonov va Mo'minjon Oripovlar ilk bora "Bojalar" guruhi bo'lib chiqishganida yozilgan birinchi tanqidiy maqolani, "Tunab ketishgani" haqidagi maqolani, Tojikiston Respublikasida bosilib chiqadigan "Zamondosh" gazetasida "Bojalar" guruhining konsert dasturlari haqida yozilgan maqola hamda Mo'min Oripovni avtohalokat tufayli vafot etgani haqidagi maqolani ko'rsatdilar). - Unga Mo'min deb kim ism qo'ygan? – Mo'min ismi adasining yaqin o'rtoqlarining ismiga qo'yilgan. (Jamila aya Mo'min Oripov bilan bog'liq turli fotosuratlarni ko'rsatdilar. Xaqiqatdan ham Mo'minning yoshlik, o'spirinlik va voyaga yetgan davri juda ko'plab esdalik voqealariga boy bo'lgani ko'rinib turardi. Farzandi Bilolxo'jani hayvonot bog'iga olib borilganda, tushirilgan fotosurat ayniqsa e'tiborimizni tordi. Chunki bu fotosuratda Mo'min Oripov juda bahtiyor qiyofada namoyon bo'lgan edi...)
Сообщение отредактировал SOBIRJON™ - Среда, 19.08.2009, 00:03 |
|
| |
|
|
SOBIRJON™ |
Дата: Вторник, 18.08.2009, 23:59 | Сообщение # 4 |
|
|
|
Super User
|
|
|
|
Группа: FORUMCHI
|
|
Сообщений: 472
|
|
« »
|
|
|
Статус: Saytda Emas
|
|
|
Davomi.. – Mo'minjon birinchi o'zbek ayol poroshyutchisi Xabiba Umarovaning nabiralari bo'ladi. Bir kuni rasm darsida ustozi aytgan ekanlar, xohlagan mavzuingizda rasm chizinglar,-deb. Mo'min esa, buvisining paxovoy ro'molda tushgan fotosuratlarini chizgan ekan. O'qituvchisi shu rasmga 5 ta "5" baho qo'yganlar. Yuqorida aytganimdek, rasm chizishga juda usta edi. Rasmni qoyilmaqom tarzda chizardi. – Mudhish voqea yuz bergandan so'ng, hech tushingizga kirdilarmi? – Yo'q. Meni ham adasini ham tushlariga kirgani yo'q. – Bilolxo'ja nabirangiz haqida nima deya olasiz? – (Ko'zlariga yosh olib) Xuddi otasiga o'xshaydi. Tillari chiqqanini ko'rmay o'tib ketdi... O'g'liga adangni ismi nima desangiz, Mo'min deydi. Bir kuni Jahongir kelib qoldilar. Shifoxonadan chiqqan kunlari, qur'on tilovat qilish maqsadida kirgan ekanlar. Bilolxo'ja ko'rib qolib, A-a deydi. "Sen kelding adam qani?" deyapti degandek. O'zi disk qo'yib adasini ko'rib o'tiradi. Ayniqsa, "Paxtakor" qo'shig'ini yaxshi ko'radi. Bizlarga "Ada gol, ada gol" deb shu qo'shiqni qo'yib berishimizni so'raydi. O'g'li o'g'limning ashulalari bilan katta bo'ldi. Ko'rsatmasam, mazasi bo`lmay adam deb yig'laydi. Qizimga ham oson emas. Turli OAV larida yozilayotgan bo'lmagan gaplar barchasi ta'sir qilmoqda. Kuni kecha, bir gazetada"Avtohalokat tushirilgan video lavha bormi?” nomli mavzu ostida katta maqola bosib chiqarilibdi. Shu ham gapmi? Odamlar shov-shuv qilish uchun nimalardan toymaydi. Bizlar shunday qiynalib turgan paytimizda bunday gap-so'zlarga chidolmaymiz. Avvalom bor, hech bir ota-ona bolam demasin. Men uyalmayman, bolamni tog'ora ko'tarib katta qilganman. Adasi ishlardilar. Jarrohlikdan so'ng uyda qolganlar. Har xil gaplarni yozaverishadi. Haligacha Mo'min gastrolga ketgan, xuddi kirib keladiganga o'xshaydi. Mo'minning nikoh kechasida bir yarim mingga yaqin odam bo'lgan edi. Bolam qudalarga joy yetmaydi desam, ona xavotir olmang hammaga joy yetadi degandi. Nahotki o'g'limni so'nggi yo'lga kuzatishga 6000 dan ortiq odam kelsa... Bilolxo'jaga adang qani desam, burchakni, tepalarni ko'rsatadi. Otasi ko'ziga ko'rinayotgandir, balki... Xali-xanuz ishonmayman. – Jamila aya, Mo'min akaning ohirgi gaplarini eslay olasizmi? – Mo'min 9:10 larda telefon qildi. Onajon men ketyapman dedi. Qayerga desam, Tojikistonga deb javob berdi. Bolam eson-omon borib kelgin. Tojikistonga yetib borganingda, telefon qilgin dedim. Tushga yaqin, telefon jiringladi, oyijon biz Tojikiston chegarasidan o'tdik dedi. Keyin kunduzi Tursunzoda stadionida, kechki payt esa Davlat Sirkida konsert berishibdi. Rasmlarga tushishgan. Konsertdan so'ng 21:20 larda yana telefon jiringladi. Ona men O'zbekiston chegarasidan o'tdim, xudo xohlasa ertaga Toshkentda bo'lamiz dedi. Bolam, u bu narsa yeb oldinglarmi dedim. Yedik ona xavotir olmang dedi. U yer bu yerda to'xtab dam olib kelinglar deb tayinladim. Yarim tunda xabar keldi, avtohalokatga uchrashibdi,-deb. O'g'lim, kasal bo'lsa ham qarardim,-dedim. Qizim bilan nabiramni olib yugurib kelib, quchoqlab "Onajon-onajon" derdi. O'g'lini eshikni tagiga qo'yib qo'yib o'zlari zinadan pastroqqa tushib, bekinib turishardi. Eshikni ochsam, Bilolxo'ja turardi, adang oying qani deb so'rasam, bekinishgan joylariga qarardi. O'zini to'yi bo'layotganda, kel ukangni ham birga uylantira qolaylik,-deganimizda, yo'q onajon men o'zim keyin uylantiraman degandi. Ungacha ukamning ham ishi yurishadi,-derdi. Mening bolalarim hamma narsalarni noldan boshlagan bolalar. Repetitsiya qilishsa, biznikida, Jahongirnikida yoki Javlonnikida qilishardi. Uchalasi kechasi bilan uxlashmasdi. Oxirgi filmining scenariysini ham bir gal Jahongirnikida, yana bir safar biznikida yoki bo'lmasa Javlonning uyida yozishgan. Lift ishlamasa, pastroqqa tushaylik juda yuqoridasiz oyijon derdi, men albatta katta uchastka quraman. Uchastkada turamiz,-derdi. Uchastkalar ham qolib ketdi... Niyatlariga yeta olmadi bolam. Bilolxo'ja adasini qolib ketgan ishlarini davom ettirib, katta bola bo'lsin. – Safarga ketayotganlarida kayfiyatlari qanday edi... – Kayfiyatlari yaxshi edi. Aytganimdek, bizning oilada qattiq gapirish bo'lmagan. Chunki shunday tarbiya olgan bolam. Adasi ham farzandlarimizni hech qachon so'kib, urushib yurmaganlar. Ammo so'nggi paytda jiddiy bo'lib qolgandi. Nima bo'ldi?-desam, oyijon suratga olish ishlari bilan charchayapman-da,-derdi. Hech bo'lmasa biroz dam olgin,-desam, "Ey, ishlarim qolib ketadide, tezroq harakat qilishim kerak",-derdi. – Armoningiz... – Bolam juda yosh edi, yashasha bo'lardi. Loaqal bolasini tili chiqqanini ko'rmasdan ketdi. Bolalarim qo'sha-qarisin,-derdim. Qizim ham xaligacha o'ziga kela olgani yo'q. Hech kimni boshiga solmasin!
|
|
| |
|
|
SOBIRJON™ |
Дата: Среда, 19.08.2009, 00:00 | Сообщение # 5 |
|
|
|
Super User
|
|
|
|
Группа: FORUMCHI
|
|
Сообщений: 472
|
|
« »
|
|
|
Статус: Saytda Emas
|
|
|
Davomi... So'ngra Mo'min akaning onajonlari va otajonlariga o'zimizning minnatdorchiigimizni bildirib, xonadonlaridan chiqdik. Eshik tagiga chiqqanimizda, Jamila aya yana bir nechta voqealarni gapirib berdilar. – Eshigimizni yonidagi devorga Mo'minjonning muxlislari kelib, sevgi nomalarini bitib ketishardi. Har doim devorni oqlayverib charchardik. (Liftga chiqdik. Liftdan tushayotiganimizda ham Jamila aya o'z fikrlarini davom ettirdilar...) – Har doim Mo`minjon ko'tarilayotganida yoki tushayotganida liftda qo'lini oyog'iga urib o'zicha musiqa yaratib, bor ovozi bilan qo'shiq kuylardi. Unga men sen kelayotganini qo'shnilar bilishi kerak a?-derdim. Mo'min Oripovning volidalari bilan xayrlashar ekanmiz, ularga kelgusida sabr toqat va Ma'murjonning rohatini ko'rib yurishlarini chin dildan tiladik. Ochig'ini aytish lozim, biz uchun ham ular bilan suhbatlashish oson bo'lgani yo'q. Jamila aya ko'zlariga yosh olganlarida, bizning ham ko'zlarimizga yosh keldi. Farzand otasidan, ayol sevikli yoridan, ota-ona farzandidan judo bo'lishi bu juda og'ir musibat. O'tganlarni Alloh rahmatiga olgan bo'lsin! So'nggi qo'ng'iroq So'nggi qo'ng'iroq Jaranglar bugun. Ko'z-yoshlar esa, To'kilar asta. Esimdan chiqmas, O'tgan kunlarim. O'sha sho'xliklar Yoru do'stlarim Maktabda o'tdi Birinchi sevgim. Sen eding jonim Yolg'iz sevgilim. Ketarsan sevgim Xayr jonginam. Baxtli kunlarim Unutma hech ham. So'nggi qo'ng'iroq chalinar, jaranglar Ko'z yoshlarim, tomchilar yoyilar. Yuragim esa qiynalar, aylanar Sen endi, qaytmaysan, kelmaysan. Mo'min Oripov. 15 aprel 2002 yil. P.S.: Mo'min Oripovning volidalari Jamila aya bilan bo'lib o'tgan suhbatdan matbuot nashrlari to'liq yoki qisman foydalanishlari qat'iyan man etiladi. Suhbatdan faqat muallifning yozma ruhsati bilan foydalanishingiz mumkin. Agarda biror bir matbuot nashri suhbatdan foydalanilgani aniqlansa, javobgarlikka tortiladi. 
|
|
| |
|
|
in_om |
Дата: Воскресенье, 28.02.2010, 18:12 | Сообщение # 6 |
|
|
|
Tezkor Forumchi
|
|
|
|
Группа: Faol User
|
|
Сообщений: 98
|
|
« »
|
|
|
Статус: Saytda Emas
|
|
|
Фикр туғилишига аслида фикр сабабчи. Муҳими, уларнинг тўғри ва нотўғрилигида. Фикр теранлиги эса маънавий доирани белгилайди. Нилуфар Усмонова бир қоп ҳасадга тўла фикрларини газета орқали билдиришга билдирди-ю, бировнинг юрагига қаттиқ тегиб қўйишини ўйламадимикан? Тарбия, муомала, ғайирлик... Нимага эътибор қаратишингни ҳам билмайсан, киши!? Шоира Отабекова Нилуфар Усмонова ва Даврон Эргашевлар баҳсидан сўнг ўз фикрларини ўқувчилар ҳукмига ҳавола этяпти: Шоира Отабекова: Бир нарсага ҳайронман. На Нилуфарга, на бошқасига ёмонлигим текканини эслолмайман. Ё бировларнинг арпасини хом ўрганимни! Нилуфарга ҳайронман шунчалик ғайирлиги бор экан, юзимга айтса бўлмасмиди? Қошларини чимириб, энсасини қотирганини эса умуман тушунмадим. Тўғри, ҳар бир инсон ўз шахсий фикрига эга. Очиқ ойдин билдиришга ҳам. Бироқ, санъаткорларда этика, иззат-ҳурмат, маданият деган мезонлар бор-ку, ахир? Мухлислар бизнинг яхши хислатларимиздан ўрнак олади. Инсон бағрикенг бўлиши керак. Қанча кўролмаса, шунча тубанлашиб бораверади. Назаримда, санъат аҳли тўзишибмас, тарқалибмас, бирлашиб ижод қилиши керак. Нилуфар тимсолида эса бунинг аксини кўрдим. Менга ҳатто унинг ёқмайдиган талай қўшиқлари ҳақидаги фикрларимни аввало, унинг ўзига айтган бўлардим. Оммавий тарзда кўр-кўрона баҳслашишга нима ундаганига ҳайронман. Балким, рақобат таъсиридир?! Муҳими, шу аснода бир гапни айтгим келди: Менинг ижодимни муҳокама қилиш биронта ҳамкасбимга эмас! Ўз билганингизча ижод қиляпсиз. Омадингизни берсин, баракангизни берсин. Тинч йўлида кетаётганнинг йўлига тош отиб, ким наф топибди. Инсофингизни берсин, ҳамкасбларим. html-MALUMOT MANZILI <a href="http://www.sherlar.uz/news/meni_muokama_ilish_senga_ehmas/2010-02-28-4764">"МЕНИ МУҲОКАМА ҚИЛИШ СЕНГА ЭМАС!" - 28 Февраля 2010</a>
|
|
| |
|
|
in_om |
Дата: Воскресенье, 28.02.2010, 18:12 | Сообщение # 7 |
|
|
|
Tezkor Forumchi
|
|
|
|
Группа: Faol User
|
|
Сообщений: 98
|
|
« »
|
|
|
Статус: Saytda Emas
|
|
|
Тайландга суратга олиш ижодий жамоаси билан "Улфатлар-3″ни суратга олишга борган Мурод Ражабовни асаблари яхшигина жойидан силжиди. Нима учун? Полиция уни гиёхванд истеъмол қилганда айблашни бошлади. Қий-чув, Эркин Комилов Мурод акани тинчлатган, оператор полицияга тушунтирган. Барчасига сабаб… НОСВОЙ! Мурод ака яшил қумалоқчаларга иштиёқи баландлиги улар суратга олиш жойида яқин турган полицияга ёқмаган, ва ана жанжал. Бу орада турагент лицензия билан қаёққадир ғойиб бўлган. Жанжалдан қўрқиб кетган чоғи, тасаввур қиляпсизми машмаша қандай давом этганлигини? Тайландда эса гиёхванд моддага нақ отишади-я.
|
|
| |
|
|
in_om |
Дата: Воскресенье, 28.02.2010, 18:13 | Сообщение # 8 |
|
|
|
Tezkor Forumchi
|
|
|
|
Группа: Faol User
|
|
Сообщений: 98
|
|
« »
|
|
|
Статус: Saytda Emas
|
|
|
Лазги қўшиғини бир неча тури борлигини Ортиқ Отажонов билан бўлган сухбатдан билган эдим. Болаликдан эса Лазги деса Насиба Абдуллаева кўз олдимга келарди. Сўнгги пайтлар Лазгини айтмаган одам қолмади шекил. Хар бири ўзи истаганича, ўз йўналишида ва хоказо. Хоразмликман деб Лазгини хадеб хамма куйлаши шартми? Бу хоразмлик аёл хонандаларга отилаётган тош. Асли Лазгини сўзларини эшитганмисиз? Ха , Олмахон Хайитова ва Насиба Абдуллаева куйлаган, биз хам қолишмаймиз деб куйлаш шартми? Шунга яраша улар каби шлягер бўляптими? Нахотки шу қадар содда оптимистсизларки, шлягер бўлган нарсани қайта куйлаб тарихда қоламан деб ўйласаларинг? Менинг фикримча хар бир қилинган нарса еб хазм бўлган нарсадек. Нахотки шу қадар санъат пессимистик даражада-ки, хамма нарса ва йўналишлар қилиб бўлингану, янгилик қилмаймиз деган даражада ўтмоқда? Ўзи умуман хоразмлик хонанда аёллардан аввал ўйинчи бўлиб кейин хонанда бўлмаётганлар қолдими??? Лазгини эса қайта куйлаганлари етмагандек, клиплари хам модернлашмоқда, яъни улар фикрича ривожланиб, хаттоки Лазгига бачкана сюжетлар қўйилмоқда ва хоказо. Бу ривожланиш тушунчасини "яратиш” деган нарсага қаратсак, аввало клипни эмас, ижодни ривожлантирсак яхшимасми? Юлдуз Ибрагимовна хоразмлик қизлар хақида куйлаганида, яхшигина шов-шув бўлди. Айниқса Озода Саидзоданинг жавоб қўшиғидан сўнг жанжал хам сахна ортида, хам сахнада ва санъат оламида инқилоб бошланаётганидан даракдек туюлди. Афсуски унинг натижаси Юлдуз Ибрагимовна ва Озоданинг эфирдан четланганликлари бўлди холос. Тўғриси, аввалига Озода Саидзода билан кечган сухбатда унинг фикри менга яқин туюлди. Лекин борган сайин, санъатни нафақат эфирдан, балки аксарият хоразмлик қизларнинг санъатдаги турмуш тарзи билан яқиндан танишиб ўйланиб қолдим… Юлдуз Ибрагимовна балки бошқа нарсани етказмоқчи бўлгандир? Бу билан Озоданинг фикрларини хам рад этмоқчи эмасман. Албатта бу можарода хар икки тараф хам ўзича хақ. Фақатгина Юлдуз Ибрагимовнанинг хоразмлик қизлар хақидаги сўзлари бироз ўзгарган холда тақдим қилинганида, масалан «Хоразмлик қизлар бости Тошкентни” эмас, "Хоразмлик қизлар нима қилмоқда санъатни?” ва хоказо. Албатта шахсий фикр. Яна билмадим. Энг аввало кўтармоқчи бўлган мавзуим: Ўтмиш бизга қолдирди Лазги, биз келажакка-чи? Бугунги санъатимиз нимани келажакка қолдирмоқда? Ё келажагимиз хам фақат ўша тарихимиз билан қолаверадими?. Унда бугунги кунимиз келажак учун тарих эмас, шунчаки "оқ кўйлак ва қора шимдан” иборат ўтиб кетаётган кунларми?
|
|
| |
|
|
in_om |
Дата: Воскресенье, 28.02.2010, 18:13 | Сообщение # 9 |
|
|
|
Tezkor Forumchi
|
|
|
|
Группа: Faol User
|
|
Сообщений: 98
|
|
« »
|
|
|
Статус: Saytda Emas
|
|
|
Ulug'bek Rahmatullaevning yangi taronasi aynan "Bir parcha" deb nomlanadi. Yangi tarona so'zini iste'dodli shoira Shahnoz, musiqiy sayqalni esa Ahmadjon bajargan. Qo'shiq "PanTerra" studiyasi mahsuloti. "Bir parcha" taronasining taqdimoti 5 mart kuni "Zamin FM" radiosi orqali bo'lib o'tadi. O'tkazib yubormang. Darvoqe, yangi tarona Ulug'bek Rahmatullaevning avvalgi taronalaridan juda sho'x va raqsbopligi bilan farq qiladi.
|
|
| |
|
|
in_om |
Дата: Воскресенье, 28.02.2010, 18:14 | Сообщение # 10 |
|
|
|
Tezkor Forumchi
|
|
|
|
Группа: Faol User
|
|
Сообщений: 98
|
|
« »
|
|
|
Статус: Saytda Emas
|
|
|
Сўнгги сухбатимиздан бугунги кунгача нималар ўзгарди? -Бир икки лойихалар бўлди, фильмларда роль ижро қилдим. Бир иккими ёки беш олти? Талаб бўлгани албатта яхши, лекин бошқа тарафдан чўчимаяпсизми жуда хам кўп роллар бирданига деб? -(кулади) Охирги расмий сухбатимиз "Ўзимдан ўзимгача” фильми премьерасидан сўнг бўлди. Тўғри гапингиз, биринчидан ўзим хам қўрқяпман, кўп иштирок қилса хам мухлислар жонига тегиб қолишим мумкин деб. Сценарийлар хаммаси ўзимга мос дея оласизми? Масалан салбий қахрамонни талқин қилмайман бошқа деган эдингиз. -Қахрамонлар бир-бирига ўхшаш эмас-да, кейин салбий роль хақида фикрим хозир сал ўзгарган, тўғрисини айтсам. Салбий роль бўлса ижро қилишим мумкин. Хозирча бўлгани йўқ, мабодо таклиф тушса. Албатта у агар «оправданный» салбий роль бўлса, яъни унинг салбий жихатларини сабабларини очиб берадиган роль бўлса. Бу фильмдаги қахрамонингизни бошқа фильмлардан фарқи нимада бўлди? -Жудаям катта фарқи бўлди. Қахрамоним илмга берилган, уйида лабороториялари бўлган, "ботаник” бўлади. Умри давомида мўъжиза кутиб яшайдиган йигит бўлади. Умуман мен учун бу фильмдаги сахналар умуман бошқача, мен учун янгилик, пробиркалар билан ишлаш, тажрибалар қилиши, қизга холодильник ясаши ва хоказо. Фильмдаги партнерларингизга турфа хиллик қўшилиб бориляпти, Асал Шодиева билан ишлаш қандай кечди бу фильмда? -Асал билан бош рольдаги катта лойихада айнан шу фильмда бирга ишладик. Унчалик қийинчилик сезилмади, чунки Ёлқин Тўйчиев унга тегишли рольни яхшилаб тушунтириб, мағзини чақиб берганидан кейин у хам талаб қилинган нарсани уддасидан чиқди. "Учар қиз” фильми Илхом исмли хаёлпараст хақида бўлиб, унинг орзуси жамики одамзодларга бутун бошли самода биз ёлғиз эмаслигимизни исботлашдан иборат бўлади. У хамиша ўзга олам вакили билан учрашиш истагида юради. Дўстларини кулгуси-ю, одамларни ғалати қараши , ва ота-онасини ўғлининг бундайлигигига ор қилишига қарамай у ўз мақсади сари жадал интилиб яшайди. Хеч ким билмасди-ки, яқин орада Илхомнинг бу орзуси амалга ошиб, унинг ва унинг атрофидаги одамларни хаёти тубдан ўзгариб кетишини.
|
|
| |
|
|
in_om |
Дата: Среда, 03.03.2010, 22:41 | Сообщение # 11 |
|
|
|
Tezkor Forumchi
|
|
|
|
Группа: Faol User
|
|
Сообщений: 98
|
|
« »
|
|
|
Статус: Saytda Emas
|
|
|
Afsonaviy "Modern Talking" guruhi yakkaxoni Tomas Anders 23 aprel sanasida muhtasham "Istiqlol" san`at saroyida o`zbekistonlik muxlislari uchun konsert dasturini taqdim etadi. Konsert dasturida Tomas Anders o`zining 80 yillarda shlyagerga aylangan qo`shiqlari bilan birga Evropa va Rossiyada mashhur bo`lgan yangi kompozitsiyalari bilan chiqish qiladi. Eslatib o`tamiz, Tomas Ander shu yili 1 mart sanasida 47 bahorni qarshi oldi. Tomas Anders Toshkent shahriga ilk bor 2006 yilda konsert dasturi bilan tashrif buyurgan edi va muxlislar tomonidan juda iliq kutib olingan edi. Mazkur konsert ham avvalgisi kabi prodyuser Kamalov tomonidan uyushtirilmoqda.
|
|
| |
|
|
in_om |
Дата: Среда, 03.03.2010, 22:41 | Сообщение # 12 |
|
|
|
Tezkor Forumchi
|
|
|
|
Группа: Faol User
|
|
Сообщений: 98
|
|
« »
|
|
|
Статус: Saytda Emas
|
|
|
Ozodbek Nazarbekovning "Ozod-shou”dasturi fevral oyida negadir tanaffus qildi. -Suratga olish maydonchamizni tamirlash ishlari ketyotganligi bois,ishimiz to’xtab qoldi,-izoxladi san’atkor buning sababini. -Ammo mart oyi uchun ko’rsatuvning ketma-ket bayram sonlarini tayyorlashga xarakat qilyapmiz.Shou dasturimizda faqat taniqli shaxslar emas,oddiy tomashabin xam ishtirok etishi mumkin.
|
|
| |
|
|
in_om |
Дата: Среда, 03.03.2010, 22:42 | Сообщение # 13 |
|
|
|
Tezkor Forumchi
|
|
|
|
Группа: Faol User
|
|
Сообщений: 98
|
|
« »
|
|
|
Статус: Saytda Emas
|
|
|
O`tgan haftada narkotik moddalar iste`moli va saqlaganligi tufayli qamoqqa olingan mashhur turk honandasi Tarkan kecha ozod etildi. Tarkanni Beshiktosh tuman prokurori so`roq qildi va uni ozod etdi. Bunga uning o`z aybini ta`n olganligi sabab bo`ldi. Qo`shiqchi 6 yildan beri narkotik moddalar iste`mol qilishi va ayni damda antinarkotik terapiya olishi niyatida ekanligini bayon etdi.
|
|
| |
|
|
in_om |
Дата: Среда, 03.03.2010, 22:42 | Сообщение # 14 |
|
|
|
Tezkor Forumchi
|
|
|
|
Группа: Faol User
|
|
Сообщений: 98
|
|
« »
|
|
|
Статус: Saytda Emas
|
|
|
Ботир Қодиров билан илк учрашувимиз жанжалли мавзу, яъни унинг отаси хамда фамилияси билан боғлиқ гап-сўзлар асосида бўлган эди. Шундан сўнг у менинг "Подстава” лойихамда, хамма қатнашган санъаткорлар каби, билмаган холда иштирок этганди. Мансурхон Нурматов билан концертлигиси олдидан бўлган сухбатда бу икки жуфтлик бекорга биргаликда ижод қилмаслигини тушундим. Уларни соф санъатга иштиёқ боғлайди. Бу йигит хақида хозиргача икки фикрда қолдим. Бири хақиқатдан хам санъаткор номига сазовор эканлиги ва муомаласи аъло даражада эканлиги. Концерт дастурида хам мехмон сифатида таклиф қилиниб, унинг иқтидорига яна бир бора амин бўлгандим. Юқоридаги илк гап-сўзларга хануз бирон бир хулосага келмадим. Нима бўлганда хам пиарга менимча хожати йўқ, негаки иқтидори бор. Хуллас, хар кимнинг ўз хақиқати мавжуд. Бугун Ботирни "Одноклассники” сайтида анкетасини кўриб бироз сухбатлашдиму…шубхаланиб қўнғироқ қилдим. Ботир:-Шуни бир нарса қилишни иложи йўқмикан-а? У сайтда анкетам умуман йўқ. Интернет оламини энди ўрганмоқдаман. Яқинда ўз сайтимни очиш арафасидаман, "Одноклассники”да эса анкетам йўқ. :- "Адашдим”дан кейин…. Ботир:-”Йиқилдим” (кулади). Бу тарона устида муаллифлик хиссам бор, мусиқаси устида бастакор билан бирга ишладим. Сўзлари Рислиғой Хотамовага тегишли. "Адашдим” қўшиғи йўналишида. Яқинда "Озод-шоу”да "Дийдор” қўшиғи билан иштирок этдим. Яқинда яна бир янгилик бўлади, буни илк Сизларга этаман, негаки кўпчилик йиқитиш ва ерга уришга харакат қилаётган бўлса, Сизлардан фақат ижобий муносабатни кўрдим, рахмат.
|
|
| |
|
|
in_om |
Дата: Суббота, 06.03.2010, 18:04 | Сообщение # 15 |
|
|
|
Tezkor Forumchi
|
|
|
|
Группа: Faol User
|
|
Сообщений: 98
|
|
« »
|
|
|
Статус: Saytda Emas
|
|
|
Шоу-бизнес оламидаги норасмий хабарларга кўра Иброхим билан дуэт айтиш учун 5000 кўкида бир унчалик машхур бўлмаган хонанда тўлаётган эмиш. Қизиқ, нахотки Иброхимга тавсия қилинган инсон билан у дуэт айтаверса? Балки бу шартномада кўрсатилгандир. Бир тарафдан анча пулга ташриф буюраётган Иброхимга пулни чиқариш учун қилинаётган лойиха деса кўнар хам. Яна ким билади дерсиз.. Анди ташриф буюргандаги "бизнес” нахотки давомлайди? Ўлмас Оллоберганов, Улуғбек Отажонов, Озода Саидзода ва ёки Дониёр Тошмухамедов агар Иброхим билан дуэт куйласа, пулга куйлади десалар ишона олмайман. Менимча санъатимизда фақатгина булар Иброхим билан дуэт куйлай олса керак.
|
|
| |