Название: 15 самых классныTailanddagi maktabda farrosh uni koyigani uchun direktorni otib tashladiх настольных игр этого года
 Гость
 28.05.2017
 Просмотры: 226

Tailandning Kalasin provinsiyasidagi maktab farroshi “uni ko‘p koyigani uchun” muassasa direktorini otib tashladi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” Tailand OAVlariga tayanib.

 

Tailand politsiyasi. Foto: Associated Press

Tailand politsiyasi. Foto: Associated Press

Xabarlarga ko‘ra, farrosh o‘z ammakivachchasining dafn marosimidan chiqib, maktabga qaytib kelgan. Darslar tugaganidan so‘ng oshxonada boshqa o‘qituvchilar bilan birga ichib olgan direktor farroshni ishda uzoq vaqt bo‘lmagani uchun haqoratlay boshlagan. Farrosh u bilan bahslashib qolgan va uyiga ketib qolgan.

U yarim soatdan so‘ng uyidan to‘pponcha olib qaytib kelgan va o‘ziga yana haqoratlar yog‘dira boshlagan maktab direktorini yaqin masofadan turib sakkiz marta nishonga olgan. Shundan so‘ng farrosh yashirinishga urinmagan, kechki paytda o‘z uyida qolgan. Politsiya uni o‘sha yerdan topgan.

Qotil o‘z qilmishini tan oldi va buni maktab direktori uni “tez-tez va uzoq vaqt haqoratlagani” bilan izohladi.

 
 
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]