Название: 24 karatli oltindan ishlangan Apple iPad Air 2 plansheti taqdim etildi
 Гость
 24.10.2017
 Просмотры: 364

Vyetnamning Karalux nomli kompaniyasi 24 karat, taxminan 480 milligram oltindan ishlangan Apple iPad Air 2 planshetlarini sota boshladi. Bu haqda Phonearena.com sayti xabar berdi, deb yozadi “Parol” nashri.

 

Foto: Phonearena.com

Foto: Phonearena.com

Aslida iPad Air 2 dunyoda eng ingichkaligi va ilk 2 Gb tezkor xotirali Apple plansheti ekanligi bilan farqlanadi. Endilikda esa uning oltindan ishlangan turini ham xarid qilish mumkin.

Oltin bilan ishlov berilgan iPad Air 2 planshetining 16 Gb xotirali turini 1174, 64 Gb xotirali turini 1315 va 128 Gb xotirali turini esa 1644 dollardan xarid qilsa bo‘ladi. Shu bilan birga kompaniya Apple iPad mini 3 planshetining ham 24 karatli oltin bilan ishlov berilgan turini 450 dollardan sotmoqda.

Shuningdek, “Parol” nashrida quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin:

 
 
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]