Название: 2 mln amerikaliklar AOL modem internetidan foydalanishi ma’lum bo‘ldi
 Гость
 28.05.2017
 Просмотры: 140
Amerikadagi 2,16 milliondan ortiq uy  xo‘jaliklari haligacha AOL (America Online) provayderining modem internetidan foydalanadi, deya xabar bermoqda Meduza kompaniya moliyaviy hisobotiga tayanib.

Foto: digitaltrends.com

Foto: digitaltrends.com

Fayl saqlash uchun joy, antivirus va modem bo‘yicha internet xizmatlaridan iborat paketga obuna bo‘lish oyiga o‘rtacha 20,83 dollarga teng.

AOL avvalroq AQShdagi eng yirik internet provayderlaridan biri bo‘lgan. 2000-yillar boshida AOL modem internetining 25 milliondan ziyod obunachilari bo‘lgan. So‘nggi paytlarda esa kompaniya The Huffington Post, TechCrunch va boshqa qator onlayn-nashrlar egasi sifatida taniqli.

Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]