Название: 9-maydan Hojikentga yangi elektr poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
 Гость
 24.10.2017
 Просмотры: 230
Yo‘lovchilarni tashish uchun bahor-yoz mavsumida Toshkent-janubiy — Salor —  Hojikent yo‘nalishidagi shahar atrofiga qatnaydigan elektr poyezd ishga tushiriladi, deya xabar bermoqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ rasmiy sayti.

Foto: 12news.uz

Foto: 12news.uz

U 9-maydan 30-avgustga qadar haftaning shanba va yakshanba kunlari qatnaydi.

Poyezd Toshkentning Janubiy vokzalidan 6:30 da jo‘nab, Salor stansiyasiga 6:51 da, Hojikentga 8:08 da yetib keladi. Hojikentdan 18:13 da jo‘nab, Salor stansiyasidan 19:30 da o‘tadi va Toshkentga 19:52 da yetib keladi.

Yo‘lga 1 soat-u 40 daqiqa vaqt sarflanadi. Chipta narxi kattalar uchun 6000 so‘m, 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 4500 so‘m.

Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]