Название: Amerikalik hamshira 90 yoshlik yubileyini ishxonada nishonladi
 Гость
 20.11.2017
 Просмотры: 302
Amerikalik hamshira Florens Rigni 90 yoshlik yubileyini ish joyida nishonladi. Metro’ning xabar berishicha, Vashington shtatining Takoma shahrida istiqomat qiluvchi va hozirgi vaqtda haftasiga ikki kun ishlayotgan ayol o‘z mehnat faoliyatini 1946-yilda boshlagan.

pic_9993beb64d67bda33ac07e9d922be0b2

Rignini tabriklab hamkasbi Marti Shults YouTube’ga video joylashtirgan. Bir necha kun ichida videoni 100 mingdan ortiq marta tomosha qilishgan. Keksa hamshirani shtat gubernatori Jey Insli ham tabriklab, unga maktub yo‘llagan.

Tabriklar uchun minnatdorchilik bildirgan Rigni ular tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor o‘zi uchun juda ham muhimligini aytib o‘tdi. “Bugun tongda uyg‘onganimda: “Yo Xudo, 90 yoshga to‘ldim”, – deb o‘yladim. Bundan 90 yil avval dunyoga kelgandim, ishonging kelmaydi”, – dedi hamshira.

Florens Rigni 1925-yili tug‘ilgan, kollejni bitirganidan so‘ng kasalxonaga ishga kirib, qariyb 69 yil shu yerda ishlagan. Rigni faoliyatiagi yagona tanaffus u 67 yoshga to‘lib, nafaqaga chiqishga qaror qilganida kuzatilgan. Biroq oradan besh oy o‘tib, u kasalxonaga qaytishga qaror qilgan. Hozirgi vaqtda u operatsiya hamshirasi hisoblanadi.

Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]