Название: Apple ilk bora Rossiya televideniyesida reklama qilina boshladi
 Гость
 28.05.2017
 Просмотры: 330

Apple Rossiya televideniyesida ilk reklama kampaniyasini ishga tushirdi, deya xabar bermoqda “Vedomosti” kompaniya sheriklari bergan ma’lumotga tayanib.

 

Foto: vedomosti.ru

Foto: vedomosti.ru

Ayni paytda telekanalllarda ikkita reklama roligi namoyish etilmoqda. Ulardan birinchisi iPhone 6 va iPhone 6 Plus smartfonlariga bag‘ishlangan. Ikkinchisi esa Apple qurilmalari uchun mo‘ljallangan ba’zi dasturlar haqida hikoya qiladi.

Apple’ning Rossiyadagi buyurtmachisi bo‘lgan reklama agentligi ma’lum qilishicha, ushbu reklama roliklari noyabr oxirigacha va butun dekabr davomida efirga uzatiladi.

Nashrning reklama agentliklaridan biridagi manbasi hisob-kitoblariga ko‘ra, Apple’ning yil oxirigacha bo‘lgan reklama kampaniyasi narxi taxminan 50—70 million rublni tashkil etadi.

 
 
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]