Название: AQSh prezidentining maxsus vakili Anqarada “Islom davlati” bilan kurashni muhokama qiladi
 Гость
 28.06.2017
 Просмотры: 263

AQSh prezidentining “Islom davlati” terroristik guruhi bilan kurash bo‘yicha koalitsiyadagi maxsus vakili Jon Allen 19-noyabr, chorshanba kuni Anqaraga yetib keldi va yuqori mansabdagi turk amaldorlari bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda “RIA Novosti” 

 

Foto: Associated Press

Foto: Associated Press

Shu kuni general Allen Turkiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Faridun Sinirlio‘g‘li bilan uchrashdi, bundan tashqari, Turkiya bosh shtabida muzokaralar olib borildi.

Turkiya va AQSh Turkiya hududida muxolifatchi Suriya ozodlik armiyasi jangarilarini o‘qitish va tayyorlash tarafdori bo‘lib chiqmoqda. Shu bilan birga AQSh va Turkiyaning “Islom davlati”ga qarshi kurash bo‘yicha fikrlari bir joydan chiqmayapti: Anqara Suriya hududida parvoz taqiqlangan va bufer zonasini yaratish tashabbusini ilgari surayotgan bo‘lsa, AQSh bunga qarshi chiqmoqda.

 
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]