Название: Avstriyada ikkita yo‘lovchi poyezdi to‘qnashib ketdi
 Гость
 28.05.2017
 Просмотры: 183
Avstriyada shahar tashqarisida qatnaydigan ikkita yo‘lovchi poyezdi to‘qnashdi, deb xabar beradi Meduza.

Austria train

Foto: ridus.ru

Ushbu ro‘parama-ro‘para to‘qnashuv natijasida 10 kishi og‘ir jarohat oldi. Le Figaro nashrida mashinistlardan birining ahvoli o‘ta og‘irligi xabar qilinmoqda. The Local Austria esa mashinist poyezd bo‘laklari orasidan chiqarib olinayotganda halok bo‘lganini yozmoqda.

To‘qnashuv mamlakatning ikkinchi o‘rindagi eng katta shahri Gratsdan uncha uzoq bo‘lmagan yerda sodir bo‘ldi. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, mashinistlardan biri yurish taqiqlanganligi to‘g‘risidagi signalni bee’tibor qoldirgan.

Poyezdlarda jami qancha yo‘lovchi bo‘lgani haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]