Название: Besh yoshli bolakay Microsoft kompaniyasining eng yosh dasturchisi bo‘ldi
 Гость
 18.11.2017
 Просмотры: 177

Kelib chiqishi pokistonlik bo‘lgan va hozirda Buyuk Britaniyada istiqomat qiluvchi besh yoshli Ayan Kureshi Microsoft kompaniyasining eng yosh dasturchi-mutaxassisi bo‘ldi. Bu haqda Naked Science jurnali xabar berdi, deb yozadi “Parol” nashri.

 

Foto: www.express.co.uk

Foto: www.express.co.uk

Bolakay Pokistonning Lahor shahrida tavallud topgan. 2009-yilda uning oilasi Londonga ko‘chib kelgan. Yosh dasturchining yoshiga ham qaramasdan uni Birmengemdagi universitetda bo‘lib o‘tgan Supporting Windows 8.1 imtihoniga kiritishdi. Besh yoshli mutaxassis imtihondan a’lo darajada o‘tdi va o‘z qobiliyatini ko‘rsatdi. Ushbu imtihon esa axborot texnologiyalari sohasida mutaxassis nomiga ega bo‘lish uchun o‘tkaziladi.

“Biz undan juda ham faxrlanamiz” — deydi bolakayning otasi. U farzandining qobiliyatini ko‘rib, unga kompyuter laboratoriyasini qurib berdi.

Foto: www.express.co.uk

Foto: www.express.co.uk

Bolakayda kompyuterga qiziqish uch yoshida, unga otasi dasturlash haqida gapirib berganda boshlangan. Ayan barcha bolalar kabi kompyuter o‘yinlarini juda yaxshi ko‘radi. U hozircha kelajakda kim bo‘lishini hal qilmagan, ammo kompyuter bilan bog‘liq ishda ishlashiga ishonmoqda.

Bundan oldingi rekord natija ham pokistonlik bolakay tomonidan qayd etilgan edi. Unda Mexroz Yavar ismli olti yoshli bolakay Microsoft Certified Professional sertifikati bilan taqdirlangandi.

Shuningdek, “Parol” nashrida quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin:

Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]