Название: Birlashgan Arab Amirliklarida avtomobil shinalari elektron pasport bilan ta’minlanadi
 Гость
 19.08.2017
 Просмотры: 133

Yaqin orada Birlashgan Arab Amirliklaridagi barcha avtomobil shinalari elektron pasport bilan ta’minlanadi. “Aqlli shinalar” avtomobil egalarini xavf haqida mobil qurilmalar orqali ogohlantiradi. Bu haqda Gulf News’ga tayanib,

 

Foto: vredestein.ru

Foto: vredestein.ru

Raqamli maxsus chiplari bo‘lmagan g‘ildiraklar keyingi yil boshidanoq noqonuniy deb e’lon qilinib, mamlakat hududida ulardan foydalanish taqiqlab qo‘yiladi.

Amirlikning standartlashtirish xizmati vakili muhandis Jasem al Alining ma’lum qilishicha, g‘ildiraklarni o‘zgartirish haqida qaror qabul qilinishiga BAAdagi iqlim sharoiti, xususan, ob-havoning haddan ziyod issiqligi sabab bo‘lgan. “Oddiy shinalar yuqori havo haroratiga chiday olmay, shakli o‘zgaradi; ulardan foydalanish jarayonida portlab ketadi. Bizda qayd etilgan ko‘plab baxtsiz hodisalarga aynan shunday g‘ildiraklar sabab bo‘lgan”, — dedi Jasem al Ali.

Xabar berilishicha, har bir g‘ildirak elektron pasportga ega bo‘lishi kerak. Pasportda g‘ildirak ishlab chiqarilgan vaqt va uning texnik jihatlari qayd etiladi. Mazkur ma’lumotlarni xaridorning mobil qurilmasida o‘qish mumkin bo‘ladi.

“Aqlli shinalar” egasini g‘ildiraklarni almashtirish zaruriyati hamda shakl o‘zgarishi bilan bog‘liq xavf-xatar haqida ham ogohlantiradi.

Amirlikning standartlashtirish xizmati tomonidan ma’lum qilinishicha, politsiyachilar g‘ildiraklarda elektron pasport bor-yo‘qligini keyingi yildanoq tekshira boshlaydi.

 
 
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]