Название: Dunyodagi eng tezyurar avtomobillar o‘nligi e’lon qilindi (foto)
 Гость
 27.06.2017
 Просмотры: 264
Sayyoramizda shunday avtomobillar mavjudki, tezlik bobida samolyotlar bilan bellasha oladi. Ulardan ba’zilari seriyali ishlab chiqarilgan bo‘lsa, boshqalari faqat bir nusxada chiqarilgan, ayrimlari yangi model, yana birlari esa eski. “Segodnya.ua” shunday avtomobillar o‘nligini taqdim etdi.

10. Ariel Atom V8 500

Foto: segodnya.ua

Foto: segodnya.ua

Ushbu avtomobilning maksimal tezligi 275 km/soat bo‘lishiga qaramay, 100 km/soat tezlikka 2,5 soniyada chiqa oladi.

9. SSC Tuatara

Foto: segodnya.ua

Foto: segodnya.ua

Yuzlik chegaraga 2,8 soniyada chiqa oladigan superkar 431 km/soat tezlikkacha harakatlana oladi. 1369 ot kuchiga ega 6,9 litrli motor 100 kilometrga 70 litr yoqilg‘i sarflaydi.

8. Koenigsegg One:1

Foto: segodnya.ua

Foto: segodnya.ua

440 kilometr/soat tezlikka chiqa oladigan giperkar 1360 ot kuchiga ega bo‘lib, jami 8 nusxada chiqarilgan.

7. BugattiVeyron Super Sport World Record Edition

Foto: segodnya.ua

Foto: segodnya.ua

431 kilometr/soat tezlikkacha chiqa oladigan Bugatti 2,4 soniyada yuzlik marrani zabt eta oladi.

6. SSC Ultimate Aero XT Edition

Foto: segodnya.ua

Foto: segodnya.ua

100 kilometr/soat tezlikka 2,65 soniyada chiqadigan avtomobilning maksimal tezligi 439 kilometr/soat.

5. Orca Engineering SC7

Foto: segodnya.ua

Foto: segodnya.ua

Shveysariyaning ushbu superkari 400 km/soatgacha tezlikda harakatlana oladi va 100 km/soat tezlikka 2,6 soniyada chiqadi.

4. Hennessey Venom GT

Foto: segodnya.ua

Foto: segodnya.ua

2,4−2,5 soniyada yuzlikni zabt etadigan ushbu avtomobil 440 km/soatgacha tezlikka chiqa oladi.

3. Mosler MT900 GTR XX Landshark

Foto: segodnya.ua

Foto: segodnya.ua

Makzimal tezligi 490 km/soat bo‘lgan supercar 100 km/soat tezlikka 2,5 soniyada chiqa oladi.

2. Keating TKR

Foto: segodnya.ua

Foto: segodnya.ua

1832 ot kuchiga ega ushbu avtomobil yuzlikka 1,78 soniyada chiqa oladi, maksimal tezligi esa 419 km/soat.

1. Devel Sixteen

Foto: segodnya.ua

Foto: segodnya.ua

5000 ot kuchiga ega 16 silindrli motor 560 km/soatgacha tezlikda harakatlanish imkonini beradi. Yuzlikka esa 1,8 soniyada chiqish mumkin.

Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]