Название: Farg‘ona viloyatida Beeline’ning yangi 3G baza stansiyalari o‘rnatildi
 Гость
 22.06.2017
 Просмотры: 219

Eng yirik aloqa operatori Beeline Farg‘ona viloyatida tarmoqlar qoplami doirasining keng miqyosda kengaygani haqida xabar beradi.

 

Foto: Beeline

Foto: Beeline

Zamonaviy innovatsion uskunalarning ishga tushirilishi viloyat markazida aloqa sifatini yanada o‘sishiga imkon berdi: qo‘shimcha 3G antennalari Navoiy, Qodiriy, Farg‘ona, Yoshlik va Sayilgoh ko‘chalari bo‘ylab o‘rnatildi. Shuningdek, yangi baza stansiyalari Qo‘qon (Yangi Chorsu, Navoiy, Farobiy va Xalq so‘zi ko‘chalari), Quvasoy (Qadriyat ko‘chasi) va Marg‘ilon (Turkiston ko‘chasi) shaharlarida ham ishga tushirildi.

Voqeani sharhlar ekan Unitel’ning hududiy rivojlantirish bo‘yicha direktori Dmitriy Resh shunday dedi: “Vodiyning barcha viloyatlarini birlashtiruvchi Beeline’ning sharqiy filiali — abonentlarimizning to‘rtdan uch qismiga xizmat ko‘rsatadigan kompaniyamizning eng yirik klasteridan biridir. Albatta, xizmat sifatini rivojlantirish va hududda tarmoq kengayishiga jiddiy yondashilgan bo‘lib, bu borada biz sezilarli natijalarni ko‘rmoqdamiz. Beeline O‘zbekistondagi faoliyatining birinchi kunlaridan boshlab Farg‘ona vodiysida birinchi raqamli operator bo‘lib kelgan va bu ko‘p narsani tushuntiradi”.

Beeline tarmog‘i, shuningdek, Farg‘ona viloyatining Oltiariq (“Katput” QFY), Beshariq (Andarxon qishlog‘i), Buvaydi (Poshshopirim qishlog‘i), Dang‘ari (Urganja qishlog‘i), Rishton (Uyrat qishlog‘i), O‘zbekiston (Nursux qishlog‘i) va Uchko‘prik (Qapaqo‘chqor qishlog‘i) tumanlarida sezilarli darajada kengaytirildi.

 
 
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]