Название: FIFA reytingi: O‘zbekiston ikki o‘ringa pastladi
 Гость
 19.01.2018
 Просмотры: 514
FIFA reytingi: O‘zbekiston ikki o‘ringa pastladi – Gazeta.uz

Umumiy reytingdagi pastlash O‘zbekistonning Osiyodagi o‘rnini saqlab qolishga imkon bermadi — milliy terma jamoa qit’a reytingida 4-o‘rindan 5-o‘ringa tushdi.

Xalqaro futbol uyushmalari federatsiyasi (FIFA) terma jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ikki o‘ringa pastlab, 59-pog‘onani egallab turibdi. Terma jamoa ixtiyorida 536 ochko bo‘lgan, xabar berdi O‘zbekiston Futbol federatsiyasi matbuot xizmati.

Umumiy reytingdagi pastlash O‘zbekistonning Osiyodagi o‘rnini saqlab qolishga imkon bermadi — milliy terma jamoa qit’a reytingida 4-o‘rindan 5-o‘ringa tushdi. Eron terma jamoasi jahon reytingida 57-o‘rinni Kabo-Verde orollari terma jamoasi bilan bo‘lishib turibdi.

OFK mamlakatlari orasida Yaponiya hali hamon yetakchi bo‘lib turibdi. U umumiy reytingda 26-o‘rinni band etgan. Undan keyingi o‘rinlarda, mos ravishda 39 va 47-o‘rinlarni egallagan Avstraliya hamda Janubiy Koreya terma jamoalari bormoqda.

Terma jamoalarning umumiy reytingida, avvalgi bir necha oyda bo‘lgani kabi, Ispaniya terma jamoasi peshqadamlik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinni Germani terma jamoasi egallagan. Kuchli uchlikni Argentina terma jamoasi to‘ldirgan.

Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]