Название: Filippinlik baliqchilar 600 kilogrammlik akula oshqozonidan odamning boshini topdi
 Гость
 18.11.2017
 Просмотры: 238

Filippinlik baliqchilar guruhi tomonidan 600 kilogrammlik akula oshqozonidan odamning yarim hazm qilingan boshi va oyog‘i topildi. Baliqchilar nahangning jag‘i va qovurg‘asini esdalik uchun olib qoldi. Bu haqda Mirror’ga tayanib, “Vesti” xabar bermoqda.

 

Foto: Wikimedia Commons

Foto: Wikimedia Commons

30 yildan beri baliqchilik qiladigan 48 yoshli Bodoy Gorgodning so‘zlariga ko‘ra, u bunday voqeaga ilk bor duch kelmoqda.

Qayd etilishicha, nahang oshqozonidan topilgan odam qoldiqlari va baliq tanasining ayrim qismlari bortdan uloqtirilgan. Bortda bunday o‘ljani qo‘lga kiritish baliqchilar uchun yomon belgidir. Bundan tashqari, Gorgodning aytishicha, akulaning nimtalangan go‘shti yomon hid tarqatayotgan bo‘lgan.

Ayni damda muxbirlar nahang ichida chiqqan odam qoldiqlari kimga tegishli ekanligini topishga urinmoqda. Ko‘pchilik qoldiqlar Filippinning Kamigin oroli yaqinida 13-sentabr kuni halokatga uchragan Maharlika paromi yo‘lovchilaridan biriniki degan taxminni ilgari surmoqda. Mazkur baxtsiz hodisada 100 ga yaqin kishi qutqarib olingan, ikki nafar yo‘lovchi esa hozirga qadar daraksiz yo‘qolganlar orasida edi.

 
 
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]