Название: Fransiya parlamentining “Milliy front” partiyasidan deputati Parij NATOdan chiqishi lozimligini e’lon qildi
 Гость
 21.10.2017
 Просмотры: 158

Fransiya parlamentining quyi palatasi − Milliy majlisning “Milliy front” ultra-o‘ng partiyasidan deputati Marion Marshal-Le-Pen Parij NATO tarkibidan chiqishi lozimligini e’lon qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.

 

Foto: AP

Foto: AP

“Fransiya NATO tarkibidan chiqishi kerak, chunki alyans tashkil qilingan paytdagi sabablar hozir mavjud emas”, − dedi kichik Le-Pen. Marion “Milliy front” asoschisi Jan-Mari Le-Penning nabirasi va partiyaning hozirgi yetakchisi Marin Le-Penning jiyani hisoblanadi.

 

Ma’lumot uchun, Fransiya NATOga asos solgan 12 davlatdan biri bo‘lsa-da, 1966-yilda alyansning harbiy tuzilmasidan chiqib, faqatgina siyosiy tuzilmadagi ishtirokini saqlab qolgan. 2009-yilda esa yana harbiy tuzilmaga qaytgan.

 
 
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]