Название: Fransiyalik harbiy shifokorlar Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshidagi Harbiy-tibbiyot fakultetida ma’ruzalar o‘qidi
 Гость
 28.05.2017
 Просмотры: 231

2014-yil 11−15-noyabr kunlari Fransiya Qurolli kuchlari Tibbiy xizmati mutaxassislaridan iborat delegatsiya Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshidagi Harbiy-tibbiyot fakulteti kursantlari va professor-o‘qituvchilari jamoasiga ma’ruzalar o‘qish maqsadida ikkinchi marotaba O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

 

Arxiv. Foto: fikr.uz

Arxiv. Foto: fikr.uz

Fransiyalik ikki harbiy vrach o‘zbekistonlik hamkasblari bilan harbiy-dala tibbiyoti sohasidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Bunda asosiy urg‘u tog‘ joylarda jangovar harakatlar sharoitida tibbiy xizmat bilan ta’minlanishni tashkil qilishga berildi. Fransiyalik mutaxassislar tinglovchilar bilan bo‘lgan samarali va sermazmun muloqotga yuqori baho berdilar.

Mazkur tadbir rivojlanib borayotgan ikki tomonlama harbiy hamkorlik doirasida o‘tkazilib, u harbiy tibbiyot Fransiya va O‘zbekiston qurolli kuchlari o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini ko‘rsatdi. Tomonlar 2015-yilda boshqa tadbirlar o‘tkazish to‘g‘risida kelishib oldilar.

 
 
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]