Название: Garderobni yangi mavsumga tayyorlaymiz
 Гость
 18.02.2018
 Просмотры: 11543

Men – Darya Masalskaya O‘zbekistondagi Da-Shik! brendi asoschisiman. 2004-yildan buyon mahalliy moda sohasida faoliyat yuritib kelmoqdaman. Bugun garderobni yangi mavsumga tayyorlash bo‘yicha "Daryo” o‘quvchilari uchun maxsus maslahatlar berishga qaror qildim.

готовый коричневый сокр1

Darya Masalskaya

Qanchalik qayg‘uli bo‘lmasin, vaqt, ayniqsa, ko‘pchilik uchun sevimli bo‘lgan yoz faslida suvdek o‘tib bormoqda. Tez orada yengil futbolka va yubkalarni issiqroq kiyimlarga almashtirishga to‘g‘ri keladi. Yaqinlashayotgan sovuq faslga eng kam xarajat bilan qanday tayyorlanish mumkin?

Eng so‘nggi rusumlarning barchasidan xabardor bo‘lib turish qiyin, garderobingizni yangi mavsum uchun butunlay yangilash esa undan ham qiyinroq. Keling, avval Kuz-Qish 2013-2014 mavsumining eng qulay va erishish oson bo‘lgan trendlarini qarab chiqamiz.

Demak, bizni xursand qiladigan narsa shuki, bu yil dizaynerlar qat’iy moda chegaralarini o‘rnatmadi. Kiyimlar yetarlicha qulay, matolar yoqimli va issiq, ranglar esa bosiq. Dizayn ustalari tarixga sho‘ng‘ib, barokko, 20-, 50-, 60-, 80- va 90-yillar uslublarining ba’zi tarkibiy qismlarini olgan. Demak kelayotgan faslning asosiy xususiyatlari bilan tanishamiz.

1. Naqshlar

Yangi mavsumda erkaklar va ayollar modasi o‘zaro kesishadi. To‘q kulrang va qora rangdagi qat’iy klassika, har qanday katak – eng maydasidan eng yirigigacha, shuningdek ingichka chiziqlar va "g‘oz panjasi” (гусиная лапка) bugungi kunda dolzarbdir.

2. To‘qilgan kiyim

Qizlarga dizaynerlar iliqlik baxsh etib, ko‘zni yashnatuvchi ranglarga boy, qulay va issiq sviter va ko‘ylaklarni taklif etmoqda.

Yigitlar uchun esa dizaynerlar geometrik rasmli, gul to‘qilgan sviter va nimchalar tayyorlab qo‘ygan.

Maslahat: Hamma narsani ham do‘konlardan sotib olish shart emas. O‘z qo‘lingiz bilan tayyorlangan buyumlar sizga boshqalardan ajralib turishga yordam beradi. Agar sevimli buvijoningiz to‘qishni bilsa, sizga zamonaviy sviter to‘qib berishini so‘rang. Buvingiz mehnati qadrlanganidan, siz esa yangi kiyimli bo‘lishingizdan xursand bo‘lasiz. Hozir buyurtma bersangiz, mavsumgacha bemalol tayyor bo‘lishga ulguradi :-)

3. Yubkalar, ko‘ylaklar, shimlar, jinsilar

Yubkalar bu kuz va qishda uch turda modada bo‘ladi: etagi kengaytirilgan yubkalar, tor "qalam” yubkalar va keng burma hoshiyali yubkalar.

Ayollar shimlari asosan – sondan boshlab kengayib ketgan, baland belli, shuningdek, tor va kalta ko‘rinishda.

Ko‘ylaklar to‘g‘ri va lo‘nda. Barcha yorqin ranglar va naqshlar yoz mavsumida qoladi. Kuz o‘z amrini o‘tkazadi.

4. Bosh kiyimlar

Bosh kiyimlarga alohida o‘rin ajrating. Shuningdek, sharf, qo‘lqop va galstuklar ham qolib ketmasin! Tomosha qilamiz va tanlaymiz.

To‘qilgan shapka va sharfni ham buvijoningizga buyurtma qilish mumkin :-)

Xulosa o‘rnida esa kichik to‘plamni havola qilamiz. Keling, uni "Ranglar va uslub bo‘yicha ko‘makchi” deb ataymiz. Axir yangi mavsum modasi nafaqat kulrang, qora va jigarrang, yana ko‘k, yashil, qizil, sariq va xira pushti ranglar ham bo‘lishi kerak.

Aytgancha, mavsumning yana bir modasi – Louis Vuitton moda uyidan katak-katak sumka. Butun G‘arbni zabt etgan ushbu sumkani Chorsu bozoridan xarid qilish mumkin. Mana, aktrisa Juliya Roberts do‘kon aylanish chog‘ida shunday sumkalardan birini taqib olibdi.

2121596

Gollivud aktrisasi Juliya Roberts.

Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]