Название: General Motors avtomobillaridagi multimedia tizimida Android platformasi qo‘llanila boshlaydi
 Гость
 24.10.2017
 Просмотры: 165

2016-yildan boshlab General Motors konserni avtomobillaridagi multimedia tizimida Android platformasi ishlatila boshlaydi, deya xabar bermoqda Bibi.uz.

 

Foto: bibi.uz

Foto: bibi.uz

Harman International kompaniyasi General Motors’ga 2016-yil so‘ngida yangi avlod multimedia tizimini yetkazib berish bo‘yicha 900 million dollarlik shartnomani yutib oldi.

Yangi tizimda dasturlar do‘koni mavjud bo‘lishi kutilmoqda. Bu tizimga avtomobilning butun hayot sikli davomida aktual bo‘lib qolish imkonini beradi.

Ta’kidlash joiz, hozircha Android tizimi GM model lineykasida qanchalik keng qo‘llanilishi noma’lum.

Ayni paytda AQShda konsern bir nechta operatsion tizimlardan foydalanadi, xususan, Chevrolet Malibu va Cruze’dan Blackberry’ning QNX tizimi, Tahoe va Impala’da Linux, Sonic va Spark’da esa Microsoft operatsion tizimi qo‘llaniladi.

 
 
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]