Название: Germaniyada yonlamasiga harakatlana oladigan jajji avtomobil yaratildi (foto va video)
 Гость
 25.07.2017
 Просмотры: 306
Germaniyaning Bremen shahridagi DFKI Robotics innovatsiya markazi megapolislarda avtoturargohlar yetishmovchiligi muammosini hal qiladigan EO Smart Connecting Car 2 avtomobilini taqdim etdi, deb xabar beradi “3dnews.ru”.

EO Smart Connecting Car 2 01

Foto: 3dnews.ru

Ikki kishilik mashinaning har bir g‘ildiragi bittadan elektr motor bilan harakatlanadi. Litiy-temir-fosfatli blok akkumulyatorni oziqlantirib turadi, uning zaryadi 50–70 kilometr yo‘lni bosib o‘tishga yetadi. Qayta zaryadlash esa 4 soatni oladi. Maksimal tezlik soatiga 65 kilometrni tashkil qiladi.

EO Smart Connecting Car 2

Qizig‘i, EO Smart Connecting Car 2’ning barcha oyoqlari aylanadi. Bu esa avtomobilning diagonal yo‘nalish bo‘yicha, yonlamasiga va turgan joyida aylanishiga imkon beradi.

EO Smart Connecting Car 2

Foto: 3dnews.ru

Yangi mahsulotning yana bir qulayligi – shaklini o‘zgartirish imkoniyatidir. Maxsus uzatma orqali orqadagi g‘ildiraklar oldindagisiga yaqinlashadi, kuzov esa ko‘tariladi. Natijada, o‘zi shundoq ham uzunligi 2,3 metrni tashkil qiladigan avtomobil yana 0,8 metrga qisqaradi. Shunday ko‘rinishda ham u barcha manyovrlarni qila olishi va shaharda harakatlanishi mumkin.

Foto: 3dnews.ru

Foto: 3dnews.ru

Ishlab chiqaruvchilar mashinaga turli kamera va qurilmalar o‘rnatib, unga avtoboshqaruv funksiyasini ham qo‘shishni rejalashtirmoqda. EO Smart Connecting Car 2’ning qachon ko‘chalarda paydo bo‘lishi va uning taxminiy narxi hozircha noma’lum.

Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]