Название: GM Uzbekistan’ning Rossiya bozoridagi savdo ko‘rsatkichlari nima sababdan tushib ketayotgani ma’lum qilindi
 Гость
 24.05.2017
 Просмотры: 311

Rossiyada O‘zbekiston avtomobillari savdosining tushib ketishiga rubl devalvatsiyasi va Rossiyadagi ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish bo‘yicha ko‘rilgan choralar natijasida rus avtomobil bozorida yuzaga kelgan noqulay vaziyat sabab bo‘lmoqda. “Gazeta.uz”ga tayanib, “Kun”ning xabar berishicha, bu haqda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 26-noyabr, chorshanba kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan majlisida O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Elyor G‘aniyev ma’lum qildi.

 

GM Uzbekistan avtomobillari. Foto: O‘zA

GM Uzbekistan avtomobillari. Foto: O‘zA

2014-yilda GM Uzbekistan avtomobillarining Rossiyadagi savdosi hajmi uchdan biriga qisqardi. “Tahqirlovchi (diskriminatsiyaviy) choralar ko‘rilmoqda, xususan, Rossiya ishlab chiqaruvchilarining avtomobillari uchun rag‘batlantiruvchi utizilatsiya choralari ko‘rilgan”, — dedi vazir.

Qayd etishlaricha, O‘zbekiston tomoni Rossiya bozorida o‘zbek avtomobili eksportchilari uchun ham, xususan, avtokreditlash masalalarida teng sharoitlar yaratilishini talab qilmoqda.

Hukumatlararo komissiya majlisi yakuniga ko‘ra imzolangan bayonnomada ikki mamlakat vazirlik va idoralariga 2015-yilning 1-mayiga qadar O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtotransport vositalarining Rossiya bozoriga kirishi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ikki tomonlama maslahatlashuvlar o‘tkazish haqida ko‘rsatma berildi.

Asakadagi GM Uzbekistan (sobiq “O‘zDEUAvto”) avtomobil zavodi eksportining 90 foizi Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi. Rossiyadagi Yevropa biznes uyushmasining Avtomobil ishlab chiqaruvchilar qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2014-yilning yanvar — oktabrida Rossiyada GM Uzbekistan’ning 49 mingta avtomobili sotilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davridan 32 foizga kam ko‘rsatkichdir.

2013-yil GM Uzbekistan avtomobil ishlab chiqarish hajmini 246 ming donagacha oshirgan bo‘lib, bu 2012-yildagi natijadan 4,5 foizga ko‘proq. 2014-yilda 250 mingtagacha avtomobil ishlab chiqarilishi kutilmoqda.

Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]