Название: Google kompaniyasining Atlas nomli roboti ayrim karate usullarini amalga oshirdi (video)
 Гость
 28.06.2017
 Просмотры: 262

Google’ning robot ishlab chiqaruvchi Boston Dynamics kompaniyasi Atlas nomli robotning ayrim karate usullarini amalga oshirgani tasvirlangan videorolikni taqdim etdi. Bu haqda The Verge ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.

 

Foto: globaldiscussion.net

Foto: globaldiscussion.net

Videoda Atlas roboti bir oyoqda turgani va ayrim karate usullarini amlaga oshirganini ko‘rish mumkin. Uning harakatlari odam singari bo‘lmasa-da, bir oyoqda, uchta g‘ishtning ustida turishining o‘zi ham katta yutuq. Chunki ikki oyoqda odam singari harakatlana oladigan robotni ixtiro qilish har bir robot ishlab chiqaruvchi kompaniyaning orzusi hisoblanadi.

Google’ning Atlas nomli roboti 2013-yilda taqdim etilgan. Shundan beri u haqida bir qancha videoroliklar namoyish qilingan. Ularda ushbu robotning sekin-astalik bilan g‘ishtlar ustidan o‘tishi, mayda toshlarni chetga surib qo‘yishi tasvirlangan edi. O‘sha videolar oldida, Atlas robotining bir oyoqda turishi va karate usullarini bajarishini sezilarli o‘sish deyish mumkin.

Boston Dynamics kompaniyasi avvalroq Cheetah nomli robot-gepardni taqdim etgan edi. Hozirda ushbu robot ham yanada rivojlantirilmoqda va uning simsiz yugura olayotgani haqidagi videorolikni “Parol” nashrining ushbu maqolasida tomosha qilsangiz bo‘ladi.

Shuningdek, “Parol” nashrida quyidagi maqolalarni o‘qishingiz mumkin:

 
 
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]