Название: Ishxonada Facebook’dan foydalanish uchun “Ishda Facebook” xizmati yaratilishi mumkin
 Гость
 19.08.2017
 Просмотры: 245

Nomi oshkor qilinmagan manbalarning ma’lumotiga ko‘ra Facebook ijtimoiy tarmog‘i Facebook at Work — “Ishda Facebook” loyihasi ustida ishlamoqda. Bu haqda Mashable’ga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.

 

Foto: Mashable

Foto: Mashable

Hozirda ko‘pchilik shundoq ham ishxonada Facebook ijtimoiy tarmog‘idan foydalanadi. Ammo Facebook’ning yangi loyihasida alohida platforma tashkil qilinadi va foydalanuvchilar o‘zlarining ijtimoiy tarmoqdagi ma’lumotlarini sir saqlagan holda undan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Bunda xabar almashish, guruhlar, yangiliklar lentasi ijtimoiy tarmoqdagi kabi bo‘ladi. Shu bilan birga bo‘lishilgan ma’lumotlarni jamoa bo‘lib tahrirlash uchun maxsus sozlamalar joriy qilinadi.

Hozircha Facebook ushbu mish-mishni tasdiqlamagan va “Ishda Facebook” loyihasi qanday ishlashi hamda u qachon taqdim etilishi haqida ma’lumotlar ham berilmagan.

Shuningdek, “Parol” nashrida quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin:

 
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]