Название: Islom Karimov Oqsaroyda Rossiya hukumati raisi o‘rinbosarini qabul qildiO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 26-noyabr kuni Oqs
 Гость
 20.11.2017
 Просмотры: 341

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 26-noyabr kuni Oqsaroyda Rossiya Federatsiyasi hukumati raisining o‘rinbosari Dmitriy Kozakni qabul qildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

 

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Davlatimiz rahbari mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarning bugungi holatidan mamnunligini bildirdi, O‘zbekiston Rossiya bilan savdo va investitsiyaviy hamkorlikni faol rivojlantirish va diversifikatsiya qilish tarafdori ekanini ta’kidladi.
 
Prezident Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning o‘n oltinchi majlisi natijalarini yuqori baholadi.
 
O‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish ikki tomonlama munosabatlarning ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Rossiya O‘zbekistonning bu sohalarda muhim sherigidir. 2013-yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 7 milliard AQSh dollaridan oshgan. Joriy yilning 9 oyida o‘zaro savdo hajmi 4,55 milliard dollarni tashkil etgan.
 
Muloqot chog‘ida bu ko‘rsatkichlar mamlakatlarimizning mavjud salohiyati darajasida emasligi qayd etildi.
 
O‘zaro munosabatlarni rivojlantirishda transport va tranzit tashish sohalaridagi hamkorlik ham muhim o‘rin tutadi.
 
 
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]