Название: Islom Karimov Sebzordagi yangi ko‘prikni borib ko‘rdi (foto)
 Гость
 20.11.2017
 Просмотры: 886
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 12-may kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Xadra maydonida 2013-yili ulkan qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan edi. Aholi va transport vositalarining harakatlanishi uchun qulay imkoniyat yaratish maqsadida Furqat ko‘chasini Zarqaynar va Sebzor ko‘chalari bilan bog‘laydigan yer osti avtomobil yo‘li rekonstruksiya qilingandi. Buning uzviy davomi sifatida Sebzor ko‘chasi bo‘ylab Abdulla Qodiriy ko‘chasi ustidan o‘tadigan yangi ko‘prik qurildi.

Prezidentimiz Islom Karimov 12-may kuni ushbu ko‘prikni borib ko‘rdi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan bu yerda eni 26, uzunligi qariyb 500 metr bo‘lgan zamonaviy ko‘prik bunyod etildi. Abdulla Qodiriy ko‘chasining har bir yo‘nalishi to‘rt polosali qilib kengaytirildi.

Shu paytgacha Sebzor ko‘chasining o‘tkazuvchanlik imkoniyati soatiga 3200 avtomobilni tashkil etgan bo‘lsa, 6 qatorli ko‘prik qurilishi samarasida bu ko‘rsatkich 9800 taga yetadi. Abdulla Qodiriy ko‘chasida ham endi avtomobillar qatnovi 2400 tadan 5600 taga ortadi. Bu nafaqat ushbu chorrahadagi tirbandlikni bartaraf etadi, balki Nurafshon, Abay, Olmazor, Zulfiyaxonim, Qorasaroy, Sag‘bon, Zarqaynar, Navoiy, Saqichmon ko‘chalaridagi qatnovga ham ijobiy ta’sir qiladi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

E’tiborlisi, shunday katta chorrahada bironta ham svetofor yo‘q. Yo‘lovchilar ham, avtomobillar ham bu yerda to‘xtovsiz va xavfsiz harakatlana oladi.

Prezidentimiz bu yerda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishar ekan, yo‘lsoz va quruvchilarning mehnatiga yuksak baho berdi.

Bu gal mamlakatimiz yo‘lsozligida yana bir yangilikka qo‘l urildi – ko‘prikning ikki tomonida piyodalar uchun 102 va 111 metrlik ikkita yer usti o‘tish yo‘lagi barpo etildi. Ularga chiqib-tushish uchun zinapoya bilan birga eskalator va lift ham qurilgan. Ularda yog‘in-sochinli kunlarda himoyalanish moslamalari ham o‘rnatilgan. Bunday zamonaviy, odamlar uchun barcha qulayliklar e’tiborga olingan ko‘prik-inshootlar dunyoning ba’zi megapolislaridagina mavjud. Shuni ham ta’kidlash kerakki, bu inshoot mamlakatimizda keksalarni e’zozlash, inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilayotgan e’tiborning amaliy ifodasi bo‘ldi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Sebzor ko‘chasi orqali 98 metrlik yana bir yer osti yo‘li barpo etilgach, piyodalarga chorrahaning to‘rtala tomoniga ham xavfsiz o‘tish imkoniyati yaratildi.

Prezidentimiz shu atrofda istiqomat qilayotgan faxriylar va yoshlar bilan suhbatlashdi.

– Eski shahar aholisi asrlar davomida ko‘rimsiz uylarda yashab kelgan, u yerda bironta yangi qurilish bo‘lmagan, – dedi Islom Karimov. – Bu masalani atroflicha o‘rganib, Eski shaharni qayta qurishning bosh rejasini ishlab chiqdik. Unga ko‘ra, yangi yo‘llar, ko‘priklar, zamonaviy uylar, kommunikatsiyalar barpo etilmoqda. Endi Eski shaharni “Eski shahar” deyish to‘g‘ri kelmaydi. Yaqin yillar ichida bu joy hamma havas qiladigan zamonaviy maskanga aylanadi

Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]