Название: Isroil prezidenti mamlakatning yahudiy davlati sifatidagi maqomi haqidagi qonun loyihasini keskin tanqid qildi
 Гость
 28.05.2017
 Просмотры: 225

 

 

Ta’kidlash joiz, Isroil hukumati 23-noyabr, yakshanba kuni davlatning yahudiycha xususiyati haqida hukmron koalitsiyani parchalab tashlash va arab muhitida tanglikni kuchaytirishga tahdid qiluvchi asosiy qonun loyihasini tasdiqlagan edi.

Parlamentga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladigan hujjat Isroilning yahudiy xalqi davlati sifatidagi maqomini, yahudiylarni esa ushbu davlat hududida o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga ega yagona xalq ekanligini tasdiqlaydi.

Bundan tashqari, qonun loyihasining versiyalaridan birida arab tilini davlat tili maqomidan mahrum etish, yahudiy diniy huquq va an’analarni qonunchilik asoslari sifatida belgilab qo‘yish taklif etilgan.

Rivlin aytishicha, Mustaqillik haqidagi deklaratsiya nizomiga muvofiq, Isroildagi arab jamoatchiligi va boshqa kamchilik xalqlar o‘zlarini surgunda yashayotgandek his qilmasligi kerak.

Isroil Mustaqillik deklaratsiyasi va Asosiy qonunlarida uning maqomi “yahudiy va demokratik davlat” sifatida belgilangan. Unga muvofiq, Isroil barcha yahudiylarga muhojirlik huquqini taqdim etib, shu bilan birga, irqi, dini, millatidan qat’iy nazar har bir kishining hayoti va qadr-qimmatini himoya qiladi. Isroil prezidenti yahudiy va demokratik xususiyatlarning har ikkalasi tengma-teng va birga bo‘lishi kerakligini, aynan shu Isroil davlati ruhini tashkil etishini ta’kidladi.

 
 
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]