Название: Jeki Chan narkotiklar tarqatganlik uchun o‘lim jazosi tayinlanishini qo‘llab chiqdi
 Гость
 24.10.2017
 Просмотры: 172
Xitoy va amerikalik aktyor Jeki Chan 7-may, payshanba kuni Singapurdagi narkotiklarga qarshi kurashga bag‘ishlangan matbuot anjumanida narkotiklar bilan bog‘lik jinoyatlar sodir qilganlik uchun o‘lim jazosi belgilanishini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: korrespondent.net

Foto: korrespondent.net

“Ba’zi masalalarda men o‘lim jazosi tarafdoriman. Narkotiklar bilan savdo qiluvchi va minglab bolalarning hayotini buzuvchi kishilar jazolanishi kerak”, — dedi aktyor.

Eslatib o‘tamiz, Jeki Channing o‘g‘li Jeysi Chan 2014-yil sentabr oyida o‘z do‘sti − 23 yoshli taniqli tayvanlik aktyor Ke Chjendun bilan birgalikda Pekinda qo‘lga olingan. Uning qonida narkotik modda aniqlangan, shuningdek Jeysining uyidan 100 gramm marixuana topilgan. U narkotik moddalar iste’mol qilganlikda ayblanib, olti oylik qamoq jazosiga va 2000 yuan (320 dollar) miqdoridaga jarimaga mahkum etilgan. 13-fevral kuni ozodlikka chiqqach, marixuana iste’mol qilgani uchun omma oldida uzr so‘ragan edi.

2009-yilda uning otasi Jeki Chan mamlakatda giyohvand moddalarga qarshi ta’lim targ‘ibotiga mas’ul Xitoy narkotiklarga qarshi kurash milliy qo‘mitasiga rahbar etib tayinlangan edi. O‘g‘li hibsga olingach, aktyor Jeysining bu qilmishi uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga olishini ma’lum qilgan.

Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]