Название: Kiyimlardagi yorliqlar: ular nima haqida so‘zlaydi?
 Гость
 18.02.2018
 Просмотры: 1035

Ushbu maqola abituriyentdan talabaga aylangan va tezda boshqa shaharga o‘qishga otlanadigan yoshlar uchun ayniqsa foydali bo‘ladi. Hayotning quvonchli hodisalari bilan bir qatorda, ular turmushdagi ko‘plab muammolarga duch kelishi shubhasiz. Axir onalardan uzoqda yashash – barcha ro‘zg‘or tashvishlarini mustaqil bajarishga o‘rganishga majbur bo‘lish demakdir. Shu jumladan kir yuvishni ham.

Eng sifatli kiyimga ham uni noto‘g‘ri yuvish orqali osongina shikast yetkazish mumkin. Doimiy ravishda yangi kiyim sotib olishni esa talabaning cho‘ntagi ko‘tarmaydi. Shuning uchun, keling, birgalikda maxsus belgilar tilini o‘zlashtiramiz. Har bir kiyimda ushbu buyumni qanday yuvish va dazmol qilish haqidagi belgilar bitilgan yorliqchalarni ko‘rish mumkin. Ularni o‘rganib, kiyimlarga to‘g‘ri munosabatda bo‘ling. Shunda ular sizga uzoq vaqt xizmat qiladi.

dazmol qilish

quritish

oqartirish va kimyoviy tozalash

yuvish

Aziz o‘quvchilar, maxsus belgilar tili sizni qiynab qo‘ymadimi? Umid qilamiz, ular to‘g‘risida hech bo‘lmaganda sal-pal bo‘lsa ham, tushunchaga ega bo‘ldingiz. Yigitlar, agar tishingiz o‘tmayotgan bo‘lsa, yaxshisi, kiyimlaringizni yuvishni onangiz yoki opa-singillaringizga havola qiling ;-)

Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]