Название: Ko‘pchilik Samsung Galaxy Note 4’ni katta displeyli eng yaxshi smartfon deb hisobladi
 Гость
 19.01.2018
 Просмотры: 559

Samsung kompaniyasi Galaxy Note 4 smartfoni haqida yangi reklama-roligini taqdim etdi. Unda smartfonning Quad HD displeyi, S Pen gadjeti, yaxshilangan kamerasi va boshqa funksiyalari haqida ta’rif beriladi. Video so‘ngida, “Note 4 yanada yaxshilangan katta displeyli eng yaxshi smartfon” — deyiladi.

 

Phonearena.com sayti esa odamlar Samsung’ning yuqoridagi fikriga qo‘shilish yoki qo‘shilmasligi borasida so‘rovnoma o‘tkazdi. Bu haqda “Parol” nashri 

So‘rovnomada jami 4235 nafar kishi ishtirok etdi va ularning ko‘pchiligi — 3432 nafari Galaxy Note 4 rostdan ham katta displeyli eng yaxshi smartfon ekanligini tasdiqladi. Ovoz beruvchilarning 803 nafari esa Samsung kompaniyasining fikriga qo‘shilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Samsung Galaxy Note 4 smartfonida 5,7 dyuym 2560×1440 pikselli Quad HD displey, 3 Gb tezkor va MicroSD yordamida kengaytirish mumkin bo‘lgan 32 Gb ichki xotira, 3220 mA·soat quvvatga ega batareya o‘rnatilgan.

 
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]