Название: Madagaskarda 40 kishi vabo tufayli vafot etdi
 Гость
 26.06.2017
 Просмотры: 282

Madagaskarda vabo epidemiyasi tarqalib, uning oqibatida hozirgacha 40 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti xabar berdi.

 

Foto: obozrevatel.com

Foto: obozrevatel.com

Kasallikning dastlabki holati 31-avgust kuni qayd etilgan bo‘lib, bemor 3-sentabr kuni vafot etgan. 16-noyabrgacha jami 7 provinsiyadagi 16 hududda 119 ta vabo bilan kasallanish holati tasdiqlangan. Poytaxt Antananarivu shahrida ham ikki holat qayd etilgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislarining fikricha, shaharlarda aholi zichligining yuqorligi va sog‘liqni saqlash tizimining zaifligi sababli kasallikning tez tarqalib ketishi xavfi bor. Madagaskar rahbariyati tegishli choralarni ko‘rmoqda, hukumatga Qizil xoch jamiyati va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ko‘mak beryapti.

 
 
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]