Название: Makedoniya shimolidagi maxsus operatsiyada 8 politsiyachi halok bo‘ldi, 4 jangari yo‘q qilindi
 Гость
 19.09.2017
 Просмотры: 188
Makedoniya shimolidagi Kumanovo shahrida o‘tkazilgan maxsus operatsiya natijasida sakkiz nafar politsiyachi halok bo‘ldi, yana 37 nafari yaralandi, deya xabar bermoqda “TASS”.

Foto: vremya4e.com

Foto: vremya4e.com

To‘rt nafar jangari yo‘q qilingan, 30 nafari muzokaralardan so‘ng huquq-tartibot organlariga taslim bo‘lgan. “RBK” esa yo‘q qilingan jangarilar sonini 14 kishi, taslim bo‘lganlarni 20 kishi deb ko‘rsatmoqda.

Mamlakat IIV rahbari yordamchisi Ivo Kotevskiy so‘zlariga ko‘ra, “bir nechta obyektga o‘rnashib olib, fuqarolar va butun mamlakat xavfsizligiga rahna solgan terrorchilik guruhi xavfsizlantirilgan va yo‘q qilingan”.

Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]