Название: Malinali sufle — yozning so‘nggi retsepti sifatida
 Гость
 18.10.2018
 Просмотры: 2735

Fransuzcha desert — suflega qalaysiz? Sufle murakkab retseptdek eshitilsa-da, aslida oson tayyorlanadi. Malina mavsumi tugamasidan undan sufle pishiriq tayyorlashga ulgurib qoling!

Суфле

Zarur masalliqlar

Xamiriga:

  • 100 g margarin
  • 200 g un
  • Tuz
  • 4—5 osh qoshig‘ida sovuq suv

Suflega:

  • 200 g tvorog
  • 4 dona tuxum
  • 150 g shakar
  • 1 choy qoshig‘ida vanilinli shakar
  • 1 osh qoshig‘ida un
  • 1 stakan malina*

Masalliqlarning taxminiy narxi 8000 so‘m.

*Agar siz muzlatilgan malinadan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, uni oldindan eriting va suvini to‘kib tashlang.

Tayyorlanishi

1. Pirogimiz xamirini tayyorlash uchun margarin muzdek va qattiq bo‘lishi kerak. Suvni ham sovitgichda biroz vaqt qoldirish lozim.

Un va tuzni aralashtiramiz. Unga mayda kub shaklida to‘g‘ralgan qattiq marqarinni qo‘shib, pichoq bilan maydalaymiz. Margarin bo‘laklari urvoqdek bo‘lib, un bilan to‘liq aralashib ketmaguncha qorishtiraveramiz.

1

2. Tayyor aralashmaga suvni solib, margarin bo‘laklari erib ketmasidan tezgina zuvala yasab olamiz.

2

3. Xamirni un sepilgan yuzada yoyamiz va chetlari ko‘tarilgan formaga joylashtiramiz. Vilka bilan har-har joyidan teshib, sufle tayyor bo‘lguniga qadar sovitgichda qoldiramiz.

3

4. Tuxum sarig‘ini oqidan ajratib olamiz. Sarig‘ini shakarning yarmi, un, vanilin va tvorog bilan qo‘shib, mikserda tvorog silliq holga kelmagunicha yaxshilab ko‘pirtiramiz.

4

5. Tuxum oqini ham mikserda yuqori tezlikda ko‘pirtiramiz. Asta-sekinlik bilan shakarni qo‘shamiz.

5

6. Ko‘pirtirilgan tuxum oqini tvorogli massaga ehtiyotkorlik bilan solib aralashtiramiz.

6

7. Xamirli formani sovitgichdan olib, unga avval malinalarni, so‘ng sufleni solamiz.

7

8. 170—180 darajagacha qizdirilgan duxovkada 50-60 daqiqa davomida pishiramiz. Sufle o‘ta nozik va yengil bo‘lgani tufayli osongina kuyib qolishi mumkin. Shuning uchun duxovkangiz kuydirishga moyil bo‘lsa, darajani biroz pasaytirish mumkin.

Суфле 1

Pirogni duxovkadan chiqarganda sufle "cho‘kib” qoladi. Bundan xavotirga tushmang – shunday bo‘lishi tabiiy.

Malina va tvorogli suflemiz tayyor. Yoqimli ishtaha!

Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]