Название: Milliy kutubxonada yoshlarning media savodxonligini oshirish bo‘yicha seminarlar o‘tdi
 Гость
 27.09.2017
 Просмотры: 190
4-may kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasida yoshlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishdagi media savodxonligini oshirish va ularda ko‘ngilochar saytlardan foydalanish etikasini shakllantirish bo‘yicha navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Infocom.uz”.

O‘zbekiston milliy kutubxonasi. Foto: Yolqin Shamsiddinov / O‘zA

O‘zbekiston milliy kutubxonasi. Foto: Yolqin Shamsiddinov / O‘zA

Seminar “O‘quv yurtlarida yoshlar uchun zamonaviy axborot texnologiyalari bilimlarini mustahkamlash bo‘yicha sinfdan tashqari maxsus mashg‘ulotlarni tashkil etish” mavzusida o‘tkazildi.

Unda Toshkent axborot texnologiyalari kolleji o‘quvchilari bilan Mirobod kommunikatsiya texnologiyalari kasb-hunar kolleji muhandis-dasturchisi Bahrom Tursunov va Yunusobod kommunikatsiya texnologiyalari kasb-hunar kollejining maxsus fanlar o‘qituvchisi Akmal Rahimov suhbat olib bordi

Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]