Название: Milliy kutubxonada yoshlarning media savodxonligini oshirish bo‘yicha seminarlar o‘tdi
 Гость
 25.07.2017
 Просмотры: 206
Germaniyalik “Formula-1” avtopoygachisi, yetti karra jahon chempioni Mixael Shumaxerning ahvoli yaxshilandi, deya xabar bermoqda “Kommersant” poygachining menejeri Sabina Kemga tayanib.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Biroz yaxshilanishlar bor, biroq to‘liq tiklanish uchun yo‘l hali juda uzoq”, — dedi u.

Avvalroq Shumaxerning rafiqasi poygachining shaxsiy samolyotini 25 million funt (34 million yevro)ga sotib yuborgani xabar berilgan edi. Korinna Shumaxer eri samolyotdan endi hech qachon foydalana olmasligini anglagach, uni sotishga qaror qilgan. Poygachini davolayotgan shifokorlar u olgan jarohatlardan tamoman tuzalib ketishi amri mahol ekanligi haqida xulosaga kelgan.

Eslatib o‘tamiz, sportchi 2013-yilning oxirida Alp tog‘larida chang‘idan yiqilib, o‘ta og‘ir jarohat olgan edi. U olti oy sun’iy koma holatida yotdi. 2014-yil sentabrida esa Jeneva ko‘li bo‘yidagi uyiga olib kelinib, tiklanish muolajalarini olishni boshladi.

Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]