Название: “Muloqot yulduzi” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi 5-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi
 Гость
 20.11.2017
 Просмотры: 678

Joriy yilning 23-sentabrida boshlanib 24-noyabr kuni o‘z nihoyasiga yetgan “Muloqot yulduzi” tanlovining tantanali taqdirlash marosimi 5-dekabr kuni soat 14:00 da Toshkent shahridagi “Muloqot.Uz kafesi”da bo‘lib o‘tadi.

 

Foto: “Muloqot”

Foto: “Muloqot”

Ushbu tanlov “Muloqot” saytlar tarmog‘ining Android-qurilmalar uchun mo‘ljallangan “Muloqot” dasturida o‘tkazildi. Unda ishtirok etish uchun “Muloqot” dasturiga surat yuklash va “yulduz”lar to‘plash zarur edi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra quyidagi uch nafar ishtirokchi “Muloqot yulduzi” tanlovining g‘olibi deb topildi:

Sitora Baxtiyorovna — 977 ta “yulduz” to‘plab, birinchi o‘rinni egalladi. Unga Samsung Galaxy S5 smartfoni taqdim etiladi.

Sitora Baxtiyorovna — 977 ta “yulduz” to‘plab, birinchi o‘rinni egalladi. Unga Samsung Galaxy S5 smartfoni taqdim etiladi.

Munisa Murtazayeva — 954 ta “yulduz” to‘plab, ikkinchi o‘rinni egalladi. Unga Samsung Galaxy S4 mini smartfoni taqdim etiladi.

Munisa Murtazayeva — 954 ta “yulduz” to‘plab, ikkinchi o‘rinni egalladi. Unga Samsung Galaxy S4 mini smartfoni taqdim etiladi.

Ilyos Karimov — 873 ta “yulduz” to‘plab, uchinchi o‘rinni egalladi. Unga Samsung Galaxy S3 mini smartfoni taqdim etiladi

Ilyos Karimov — 873 ta “yulduz” to‘plab, uchinchi o‘rinni egalladi. Unga Samsung Galaxy S3 mini smartfoni taqdim etiladi.

Tanlov g‘oliblari sovrinlarini olib ketish uchun 5-dekabr kuni “Muloqot.Uz kafesi”da bo‘lib o‘tadigan tadbirga shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan tashrif buyurishlari lozim.

“Muloqot yulduzi” tanlovining g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimida “Muloqot” ijtimoiy tarmog‘ining barcha foydalanuvchilari ishtirok etishi mumkin.

 

Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]