Название: NATO Rossiya bilan amaliy hamkorlikni qayta tiklash imkoniyatlarini inkor etdi
 Гость
 26.07.2017
 Просмотры: 259
NATO Rossiya bilan siyosiy muloqot kanallarini saqlab qoladi, biroq amaliy hamkorlik imkoniyatlarini inkor etadi, deya xabar bermoqda “TASS”.

Foto: TASS

Foto: TASS

Bu haqda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Turkiyaning Belek shahrida bo‘lib o‘tgan tashkilot Tashqi ishlar vazirlari sammiti hisobot matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

“Rossiya bilan har qanday ko‘rinishdagi amaliy hamkorlikni to‘xtatish haqida NATO tomonidan o‘tgan bahorda qabul qilingan qaror – Rossiyaning tajovuzi va Qrimni noqonuniy ravishda o‘z tarkibiga qo‘shib olishiga javobdir”, – dedi Stoltenberg.

“Biz siyosiy muloqot kanallarini quvvatlaymiz, biroq Rossiyaning Qrim va Ukraina sharqidagi harakatlaridan kelib chiqib, u bilan amaliy hamkorlik qilishni prinsipial jihatdan to‘xtatdik”, – dedi NATO rahbari.

Uning qo‘shimcha qilishicha, “alyans ichidagi mustahkam mudofaa va Rossiya bilan siyosiy muloqot o‘rtasida qarama-qarshiliklarni ko‘rayotgani yo‘q”.

Stoltenbergning alohida ta’kidlashicha, NATO “Iroq va Shom islom davlati” terrorchi tashkilotiga qarshi kurashda Rossiya bilan amaliy hamkorlik qilish imkoniyatlarini ko‘rayotgani yo‘q

Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]