Название: Nikola Labs kompaniyasi smartfonni Wi-Fi yordamida quvvatlantirish yo‘lini topdi
 Гость
 27.06.2017
 Просмотры: 214
Nikola Labs kompaniyasi iPhone 6 uchun mo‘ljallangan, energiyani havodan oluvchi ilk g‘ilofni namoyish etdi. Bu haqda Hi-tech.mail.ru xabar bermoqda.

Foto: Hi-tech.mail.ru

Foto: Hi-tech.mail.ru

Ekspertlarning fikricha, g‘ilof smartfon uyali aloqa signalini qabul qilishda ishlab chiqaradigan energiyaning 90 foizini qayta ishlab, uni qayta jo‘natadi va shuning hisobiga gadjet 30 foizga ko‘proq ishlaydi.

Gadjet Wi-Fi, LTE yoki Bluetooth kabi radiochastota signallarini o‘zgaruvchan tokka aylantira oladi va shu sabab istalgan simsiz aloqa tarmog‘ida havodan quvvat ola biladi, oxir-oqibat g‘ilof egasida ko‘chada quvvatlanuvchi uskuna yoki rozetka qidirib yurishga ehtiyoj qolmaydi.

Quvvatlantiruvchi g‘ilofni ishlab chiqishda Ogayo universiteti xodimlari ishtirok etmoqda. Qayd etish joiz, Ogayo shtatining Elektrotexnika laboratoriyasi optika va radioelektronika sohasida tadqiqotlar olib boruvchi jahondagi eng yirik markazlardan biri hisoblanadi.

Havodan energiya to‘plovchi g‘ilofning narxi uni ishlab chiqish uchun Kickstarter loyihasi orqali pul tikadigan investorlar uchun 99 dollardan oshmaydi.

Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]