Название: Nokia nomi ishlatilmagan ilk Lumia smartfoni rasman taqdim etildi
 Гость
 26.06.2017
 Просмотры: 267

O‘ta arzon narxdagi ilk Microsoft Lumia 535 smartfoni bugun, 11-noyabr kuni rasman taqdim etildi. Bu haqda The Verge ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.

 

Foto: Microsoft

Foto: Microsoft

Microsoft kompaniyasi Lumia smartfonlarida Nokia nomidan voz kechishi haqida avvalroq xabar berilgan edi. Lumia 535 esa ilk shunday smartfon bo‘ldi. Biroq, u Nokia Lumia smartfonlaridan umuman farq qilmaydi va Windows Phone operatsion tizimida ishlaydi.

Lumia 535 smartfonida 5 dyuym 540×960 pikselli displey, 1,2 GGs chastotaga ega to‘rt yadroli protsessor, 1 Gb tezkor xotira, har biri 5 megapikselli old va orqa kamera o‘rnatilgan.

Smartfon quyi xususiyatlarga ega hisoblansada, uning old kamerasi bu turdagi smartfonlar orasida juda yaxshi — unda ranglarni avtomatik ravishda tiniqlashtiruvchi funksiya hamda kengroq tasvir olish imkoniyati yaratilgan.

Microsoft Lumia 535 smartfoni Osiyo mamlakatlari va Rossiya uchun mo‘ljallangan. U noyabr oyidan taxminan 130 dollar narxda sotila boshlanishi kutilmoqda.

Shuningdek, “Parol” nashrida quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin:

  •  
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]