Название: Nyu-York merini pitssa yeyishni bilmaslikda ayblashdi
 Гость
 19.01.2018
 Просмотры: 500
Nyu-York merini pitssa yeyishni bilmaslikda ayblashdi 

Nyu-York meri Bill de Blazio pitsseriyada ovqatlanish anjomlaridan foydalandi, deb xabar berdi Mashable blogi. 2013-yil noyabrda Nyu-York meri etib saylangan de Blazio ushbu harakati bilan bu shahar aholisi odatlaridan birini buzdi. Nyu-Yorkliklar qulaylik maqsadida pitssani qo‘lda yeydi.

Bill de Blazio pitssani sanchqi bilan yeyapti. Foto: www.japantimes.co.jp

De Blazio 10-yanvar, juma kuni Steyten-Aylend tumanidagi Goodfellas Pizza pitsseriyasiga tashrif buyurdi. Uning ovqatlanish vaqtidagi suratida pitssani pichoq va sanchqi yordamida tanovvul qilayotgani ko‘rinib turibdi. Pitssaning bir bo‘lagini mer nyu-yorkliklar an’anasiga ko‘ra qo‘lda yedi, ammo keyin o‘zining odatiga qaytdi.

Back to hand. I'm done now guys. #billspizza pic.twitter.com/g5ZrM5vpbj

— Gloria Pazmino (@GloriaPazmino) January 10, 2014

Nyu-York merining stol atrofida o‘zini tutishi mahalliy aholida salbiy taassurot uyg‘otdi va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari uni yozilmagan qonun bo‘yicha javobgarlikka chaqirdi.

Merning o‘zi xatti-harakatini Twitter’dagi izohlari bilan oqlashga urindi: "Steyten-Aylenddagi Goodfellas Pizza — juda mazali, qanday qilib tanovvul qilishingizga qaramasdan”. U jurnalistlarga Italiyada pitssani pichoq va sanchqi bilan yeyish odatiga taqlid qilganini ma’lum qildi va bir bo‘lakni qo‘lda yeganini ham ta’kidladi.

Staten Island's Goodfellas Pizza — good however you slice it. pic.twitter.com/MxKhHaf1ID

— Bill de Blasio (@BilldeBlasio) January 10, 2014

Pitssani tanovvul qilish bilan bog‘liq tanqidlar Nyu-Yorkning mashhur kishilari o‘rtasida birinchi marta sodir bo‘layotgani yo‘q. 2011-yilda tadbirkor Donald Tramp siyosatchi Sara Peylin bilan tushlik paytida pitssa yeyish uchun oshxona buyumlaridan foydalangan edi. Natijada, teleboshlovchi Jon Styuart o‘zining satirik The Daily Show ko‘rsatuvida Trampning stol atrofidagi holati haqida alohida syujet tayyorlab, uning harakatini tanqid qilgandi. Keyin shaxsan o‘zi pitssani qanday yeyish kerakligini

Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]