Название: O‘zbekiston FIFA reytingida bir pog‘ona yuqoriladi
 Гость
 18.10.2017
 Просмотры: 247
FIFA rasmiy sayti terma jamoalarning aprel oyi uchun reytingini e’lon qildi, deb yozadi “Uff.uz”.

Foto: uff.uz

Foto: uff.uz

Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi avvalgi oydagi reytingga nisbatan bir pog‘ona yuqorilab, 72-o‘ringa ko‘tarilgan. Ayni vaqtda Mirjalol Qosimov boshchiligidagi terma jamoa 476 ochkoga ega. Osiyoda esa O‘zbekiston hamon oltinchi o‘rinda.

Osiyo qit’asida Eron birinchi o‘rinda (40-o‘rin), Yaponiya ikkinchi (50), J.Koreya esa uchinchi o‘ringa tushdi (57), Avstraliya terma jamoasi 64-o‘rinda. BAA 68-pog‘onada.

Amaldagi Jahon chempionlari Germaniya terma jamoasi umumiy ro‘yxatda birinchi o‘rinda bormoqda. Ikkinchi o‘rinda Argentina joylashgan. Belgiya terma jamoasi uchinchi o‘rindan joy olgan.

Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]