Название: O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari Farg‘ona viloyati hokimiga “O‘FF belgisi” nishonini topshirdi
 Гость
 24.09.2017
 Просмотры: 174

O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Respublika futbol federatsiyasi rahbari, senator Mirabror Usmanov boshchiligidagi bir guruh mutaxassislar Andijon hamda Farg‘ona viloyatlarida bo‘lib, bu yerda sport sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Bu haqda O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

 

Mirabror Usmonov. Foto: olamsport.com

Mirabror Usmonov. Foto: olamsport.com

Mirabror Usmanov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Farg‘ona viloyatida bo‘lib, yangi qurib foydalanishga topshirilgan sport obyektlari hamda Farg‘ona viloyat olimpiya zaxiralari kollejida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Jumladan, Farg‘ona shahrida barpo etilgan “Istiqlol” stadioniga tashrif buyurgan M. Usmanov bu yerda olib borilayotgan so‘nggi pardozlash ishlari bilan qiziqdi. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, maydonning holati, futbolchilar va muxlislar uchun yaratilgan sharoitlar delegatsiya vakillari tomonidan ijobiy baholandi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston MOQ va FF rahbari yaqin kelajakda ushbu stadionda xalqaro uchrashuvlardan birini o‘tkazish rejalashtirilayotganligini va bu an’ana kelgusida ham terma jamoalar hamda mahalliy futbol klublari tomonidan bardavom bo‘lishligiga ishonch bildirdi.

Farg‘ona olimpiya zaxiralari kollejiga tashrif buyurgan delegatsiya bu yerda bo‘lajak sport yulduzlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Shundan so‘ng, viloyat sport faollari, federatsiyalar rahbarlari, sportchi va murabbiylar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishni Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev ochib berdi. Yig‘ilishda viloyatda kamolga yetayotgan iqtidorli sportchilar va mutaxassislar ham so‘zga chiqdi.

So‘zga chiqqan Mirabror Usmanov O‘zbekistonda sportni rivojlantirishning o‘ziga xos noyob tizimi yaratilgani, buni o‘z navbatida xorijlik mutaxassislar ham ko‘p bor havas bilan e’tirof etayotganini ta’kidlab, O‘zbekiston sportining ravnaqida Farg‘ona viloyati vakillarining ham o‘rni yuqori ekanligini, birgina Istiqlol yillari bu zamindan ko‘plab nomdor sportchilar voyaga yetganligini ta’kidlab o‘tdi.

M. Usmanov viloyatda futbolni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritib, “Qo‘qon—2012” klubini oliy ligasiga chiqqanligi va endilikda viloyatning ikki jamoasi mamlakat chempionatida ishtirok etishini ta’kidladi.

“Viloyatda millionlar o‘yinini rivojlantirishga katta hissa qo‘shayotgan viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyevga O‘zbekiston futbol federatsiyasi nomidan minnatdorchilik bildiraman va yurtimiz futbolining haqiqiy jonkuyarlaridan biri bo‘lgan Farg‘ona viloyati hokimi Sh. G‘aniyevga ‘O‘FF belgisi’ nishonini topshirishga ruxsat bergaysizlar”, — deya O‘FF rahbari tantanali suratda mukofotni topshirdi.

O‘z navbatida viloyat hokimi ushbu mukofot butun Farg‘ona ahliga berilganligini va bundan keyin ham viloyatda barcha sport turlari qatori futbolni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratishini ta’kidladi.

Shundan so‘ng, “Neftchi” klubi bosh murabbiyi Tohir Kopadze so‘zga chiqib, jamoa kelasi mavsumda yanada mazmunli va hujumkor o‘yinlari bilan o‘z muxlislarni xushnud etish uchun bor imkoniyatlarni ishga solishiga ishonch bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Mirabror Usmanov boshchiligidagi delegatsiya Andijon viloyatiga

 
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]