Название: O‘zbekiston onkologlarining III kongressi bo‘lib o‘tdi
 Гость
 28.05.2017
 Просмотры: 247
Toshkent shahrida O‘zbekiston onkologlarining III kongressi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda 12news.uz xabar bermoqda.

Foto: 12news.uz

Foto: 12news.uz

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika Onkologiya ilmiy markazi hamda Onkologlar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan anjumanda O‘zbekiston shifokorlari, AQSH, Janubiy Koreya, Yaponiya, Avstriya, Germaniya, Kanada, Gollandiya, Fransiya, Shveysariya, Hindiston kabi mamlakatlardan kelgan 200ga yaqin olimlar, xalqaro tashkilotlar vakillari, yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Anjuman qatnashchilari dunyo mamlakatlarida xavfli o‘smalar bilan kasallanish ko‘rsatkichlari, ayniqsa, ishlab chiqarishi rivojlangan, ekologik muhiti nosog‘lom bo‘lgan davlatlarda yildan-yilga ortib borayotganini qayd etdi. Mazkur kongress ushbu ko‘ngilsiz holatni bartaraf etish, onkologiyani ilmiy va amaliy jihatdan rivojlantirish borasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbirda O‘zbekiston onkologlari yutuqlari va bu sohadagi ustuvor yo‘nalishlar, dunyoda onkologik tibbiy yordam ko‘rsatishning bugungi holati, sohada qo‘llanilayotgan texnologiyalar, zamonaviy onkologiya jarrohligi asoslari, bolalar onkologiyasi, plastik va rekonstruktiv jarrohlik, onkoortopediyaga oid ma’ruzalar tinglandi, fikr almashildi

Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]