Название: O‘zbekiston Senati e’lon qilgan amnistiya kimlarga qo‘llanilishi sharhlab berildi
 Гость
 18.10.2017
 Просмотры: 195

2014-yil 14-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 22 yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida” Qaror qabul qildi. Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev mazkur yildagi amnistiya aktining o‘tgan yillardagidan farqli tomonlarini izohlab berdi.

 

Foto: vdmsti.ru

Foto: vdmsti.ru

Eng katta o‘zgarishlardan biriga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 168-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatni, ya’ni firibgarlik jinoyatini sodir etgan va yetkazilgan moddiy zararni to‘liq qoplamagan shaxslarga amnistiya akti qo‘llanilmaydigan bo‘ldi.

Shuningdek, muqaddam amnistiya akti bo‘yicha jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod bo‘lgan va yana qasddan jinoyat sodir etgan shaxslarga amnistiya akti qo‘llanilmasligi haqidagi qoidalarga o‘zgarish kiritildi. O‘tgan yillarda ushbu qoida faqat uch toifa shaxslarga tadbiq etilar edi. Joriy yildagi amnistiyaga ko‘ra, bu barcha shaxslarga taalluqli ekanligi belgilandi. Ya’ni muqaddam amnistiya akti qo‘llangan ayollar, voyaga yetmaganlar, 60 yoshdan oshgan erkaklar, chet davlatlar fuqarolari, I va II guruh nogironlari yana qasddan jinoyat sodir etgan bo‘lsa, ularga amnistiya akti tadbiq etilmaydi.

Bundan tashqari, yana bir yangiliklardan biri, joriy yilda muqaddam afv etish tartibida jazodan (javobgarlikdan) ozod qilingan shaxslar yana qasddan jinoyat sodir etgan bo‘lsa, ularga nisbatan ham amnistiya akti qo‘llanilmaydi.

Joriy yildagi asosiy o‘zgarishlar shulardan iborat.

Endi asosiy savolga javob beramiz: Joriy yilda amnistiya akti kimlarga nisbatan qo‘llaniladi?

Mazkur hujjatning 1-bandiga muvofiq, quyidagi mahkumlar jazodan ozod qilinadi:

a) ayollar;

b) jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga to‘lmagan shaxslar;

v) 60 yoshdan oshgan erkaklar;

g) chet davlatlar fuqarolari;

d) I va II guruh nogironlari, shuningdek, ushbu Qaror kuchga kirgunga qadar bir yildan oshmagan muddat ichida qonunda belgilangan tartibda jazoni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan og‘ir kasalliklarga chalingan deb topilgan shaxslar.

Qarorning 2-bandiga muvofiq, ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etgan shaxslar, shuningdek, qasddan ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganligi uchun birinchi marta hukm qilingan shaxslar jazodan ozod qilinishi belgilandi.

Qarorning 3-bandiga ko‘ra, ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinib, o‘talmay qolgan jazo muddati ikki yil-u olti oydan ko‘p bo‘lmagan, hukmi ushbu Qaror e’lon qilingan kunga qadar qonuniy kuchga kirgan mahkumlar jazodan ozod qilinishi belgilangan.

4-bandga muvofiq, taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilib, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan shaxslar jazodan ozod qilinishi ko‘zda tutilgan.

Qarorning 5-bandida kimlarga nisbatan yuritilayotgan jinoyat ishlari tugatilishi haqida bayon qilingan. Unga ko‘ra, ushbu Qarorning 1 va 2-bandida qayd etilgan shaxslar, ya’ni ayollar, jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga to‘lmagan shaxslar, 60 yoshdan oshgan erkaklar, chet davlat fuqarolari, I va II guruh nogironlari, shuningdek, ushbu Qaror kuchga kirgunga qadar bir yildan oshmagan muddat ichida qonunda belgilangan tartibda jazoni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan og‘ir kasalliklarga chalingan deb topilgan shaxslar, ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etgan shaxslar, shuningdek, qasddan ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etganlar tomonidan qilingan jinoyatlar yuzasidan olib borilayotgan barcha ishlar tugatiladi.

Qarorning 6-bandida amnistiya aktiga asosan jazodan ozod qilinmaydigan shaxslarning jazo muddatini ma’lum bir qismga qisqartirish haqida bayon qilingan.

Qarorning 7-bandida amnistiya aktiga tushmaydigan shaxslar ro‘yxati sanalgan. Unga ko‘ra, mazkur uzoq muddatga yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan; o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan; jinoiy uyushma tarkibida jinoyat sodir etgan; jazoni o‘tash tartibini muntazam ravishda buzayotgan shaxslarga; muqaddam afv etish yoki amnistiya tartibida jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan va yana qasddan jinoyat sodir etgan shaxslarga; shuningdek, o‘lim jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga almashtirilgan shaxslarga tadbiq etilmaydi.

Qarorning 8-bandida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining tegishli qo‘mita va komissiyalari ushbu Qarorning qo‘llanilishi tartib-taomillarining ochiq-oshkoraligi amalga oshirilishida senatorlar va deputatlar korpusining bevosita ishtirokini ta’minlashi belgilab qo‘yildi.

Ushbu Qaror amalga oshirilishi yuzasidan mas’ullik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklatildi (9-band).

Shuningdek, 10-bandga ko‘ra, amnistiya akti to‘g‘risidagi Qaror e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi va uch oy mobaynida ijro etilishi lozim.

 
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]