Rim shahrida 43 davlatdan kelgan 500 nafardan ziyod sportchi ishtirokida o‘tkazilgan an’anaviy taekvondo bo‘yicha jahon chempionatida mamlakatimiz vakillari munosib ishtirok etdi.
Vatanimiz sharafini himoya qilgan Artyom Li kompleks mashq bajarish bo‘yicha oltin, yakkama-yakka bahslarda kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Baxtiyor Odilov vazni 80 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida ikkinchi o‘rinni egalladi. Umidli yosh taekvondochilarimizdan Jahongir Rashidov va Diyor Shavkatov bronza medal bilan taqdirlandi
Manba. uza.uz
Всего комментариев: 0 | |