Название: O‘zbekiston va Fransiya hukumatlararo komissiya yig‘ilishini o‘tkazadi
 Гость
 27.09.2017
 Просмотры: 245
15-may kuni Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Fransiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Jak-Anri Els bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qiladi UzDaily.

Jak-Anri Els

Foto: anons.uz

Uchrashuv davomida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliya-texnikaviy hamkorlik hamda savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning Toshkent shahrida o‘tkaziladigan navbatdagi yig‘ilishi, “MEDEF” delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi, Fransiya agentligi bilan o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash va Fransiyaning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

2014-yilda O‘zbekiston Respublikasi va Fransiya o‘rtasidagi tovar aylanmasi 287 million dollarni tashkil etdi. Joriy yilning birinchi choragida tovar aylanmasi 7 foizga o‘sdi va 70 million dollarni tashkil qildi.

O‘zbekistonda Fransiya investitsiyasi ishtirokidagi 14 ta korxona va Fransiya yetakchi kompaniyalarining 10 ta vakolatxonasi faoliyat yuritmoqda.

Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]