Главная» 2010 » Сентябрь » 1 » O'ZBEKISTON YOSHLARI UCHUN - UZdaewoo,dan YANGICHA KO'RINISH - Spark/Daewoo Matiz
O'ZBEKISTON YOSHLARI UCHUN - UZdaewoo,dan YANGICHA KO'RINISH - Spark/Daewoo Matiz
03:02


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 29 avgust kuni istiqlolimizning o‘n to‘qqiz yilligi arafasida poytaxtimizda qurib bitkazilgan ta’lim muassasalari bilan tanishdi.



Mustaqilligimizning har bir yili yurtimiz tarixi sahifalariga ulkan bunyodkorlik, yuksak muvaffaqiyatlar yili sifatida zarhal harflar bilan bitilmoqda. Shahar va qishloqlarimizda barpo etilayotgan zamonaviy ta’lim, madaniyat, san’at, tibbiyot muassasalari, korxonalar, uy-joylar, ravon yo‘llar va ko‘priklarni ko‘rgan ko‘z quvnaydi, yurakda faxr-iftixor hissi ortadi.

Mamlakatimizda istiqlolning ilk yillaridan barkamol avlodni tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Farzandlarimiz barkamol, zamonaviy bilimlarni puxta egallagan, buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari bo‘lib voyaga yetishi yo‘lida doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatib kelinmoqda.

Insonning ruhiy-ma’naviy kamoloti, tafakkurining rivojlanishida san’atning, musiqaning o‘rni va ahamiyati g‘oyat kattadir. Shu ma’noda yoshlarimizning ma’naviyatini yuksaltirish, ularni teran tafakkur, ezgu fazilatlar sohiblari etib tarbiyalashda, qalbi va ongida ona Vatanga muhabbat, milliy an’ana va qadriyatlarimizga sadoqat tuyg‘ularini mustahkam qaror toptirishda musiqa san’atining o‘rni va ahamiyati beqiyos.




Davlatimiz rahbarining bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009-2014 yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturiga oid qarori farzandlarimizning ma’naviy olami va madaniy saviyasini yuksaltirish, ularning milliy va jahon musiqa madaniyatining eng sara namunalaridan keng bahramand bo‘lishi uchun zarur shart-sharoit yaratishda muhim omil bo‘lmoqda.

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan "Barkamol avlod yili” Davlat dasturiga muvofiq bu yo‘nalishdagi ishlarning ko‘lami yanada kengaydi.

Prezidentimiz Islom Karimov 29 avgust kuni V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining kapital rekonstruksiya qilingan o‘quv binosini borib ko‘rdi.

Iqtidorli yoshlarni har tomonlama kamol toptirishni ta’minlash, boshlang‘ich ixtisoslashtirilgan musiqa ta’limini yanada takomillashtirish hamda shu asosda musiqa madaniyati va san’at sohasida yuqori mahoratli kadrlar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq joriy yilda litsey uchun yana bitta yangi o‘quv binosi barpo etildi, sobiq Respublika musiqa kollejining binosi negizidagi o‘quv korpusi tubdan qayta ta’mirlandi.

Ushbu musiqa dargohi endilikda 900 o‘quvchiga mo‘ljallangan 4 o‘quv binosi, 200 o‘rinli yotoqxona va 210 o‘rinli 3 oshxonaga ega bo‘ldi. Barcha o‘quv xonalari 64 nomdagi zamonaviy musiqa cholg‘ulari va jihozlari bilan ta’minlandi. Litsey musiqiy ta’limning uzluksizligi va uzviyligini ta’minlovchi 12 yillik ta’lim muassasasi bo‘lib, 9 yillik maktab va 3 yillik litseydan iborat.

1-9 sinflarda musiqa yo‘nalishida boshlang‘ich musiqa saboqlarini olgan iqtidorli yoshlar, ushbu ta’lim muassasasining o‘zida o‘qishni davom ettirish, musiqa sirlarini yanada chuqurroq o‘rganish va o‘z qobiliyatini ro‘yobga chiqarish imkoniga ega bo‘ladilar.

Bu yerda tashkil etilgan axborot-resurs markazi musiqa va san’at yo‘nalishidagi 85 mingdan ortiq adabiyot va o‘quv qo‘llanmalari, elektron axborot ta’lim resurslari, internetga ulangan kompyuterlar bilan ta’minlangan. Kompyuter sinflari, lingafon xonasi, fizika, kimyo va biologiya laboratoriyalari mavjud. Litseyda 12 yo‘nalish bo‘yicha musiqiy ta’lim berish imkoniyati yaratilgan.

Davlatimiz rahbari bu yerda o‘quv jarayonida foydalaniladigan noyob musiqa asbobi – organ va uning ahamiyatiga alohida to‘xtaldi. Yurtimizda nafaqat milliy musiqachilik, balki jahon musiqa san’atining ko‘plab yo‘nalishlarini chuqur o‘rganish, o‘zlashtirish borasida katta yutuqlarga erishilmoqda. San’atkorlarimiz, ayniqsa, yosh ijrochilarimizning nufuzli xalqaro tanlov va festivallarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritayotgani barchamizga g‘urur baxsh etadi.




– Mamlakatimizda izchillik bilan amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi xalqimiz, ayniqsa, yoshlar qalbida buyuk kelajakka intilib yashash tuyg‘usini mustahkamlashdan iboratdir, – dedi Prezidentimiz. – Bu bolalarimizni har tomonlama yetuk va barkamol shaxs, zamonaviy insonlar etib voyaga yetkazishda muhim ahamiyatga ega.

Yurtimizda madaniyat va san’at, jumladan, musiqa rang-barangligini ta’minlash doimiy e’tiborda. Zero, ota-bobolarimiz asrlar mobaynida milliy san’atimizni taraqqiy ettirish bilan bir qatorda, jahon san’atining ilg‘or namunalarini ijodiy o‘zlashtirgan va rivojlantirgan. Mamlakatimizning musiqiy ta’lim dargohlarida yurtimiz kompozitorlari qatorida jahon klassik kompozitorlari yaratgan, dunyodagi barcha millatlar va xalqlar sevib tinglaydigan ajib kuy va qo‘shiqlar chuqur o‘rganilayotgani va muntazam taralayotgani ham bu haqiqatni tasdiqlaydi.

Mustaqillik yillarida zamonaviy o‘zbek san’ati dunyo miqyosida yanada yuksak obro‘ va e’tibor topayotganida iqtidorli yoshlarimizning xizmati kattadir. Iste’dod egalarining baland parvozida ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash mamlakatimizda davlat siyosatiga aylangani muhim ahamiyat kasb etadi. Keyingi yillarda birgina mazkur litsey o‘quvchilari Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Gretsiya, Ruminiya singari ko‘plab davlatlarda o‘tkazilgan nufuzli xalqaro tanlov va festivallarda ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

– Farzandlarimizning jahon sahnalarida erishayotgan bunday ulkan muvaffaqiyatlari barchamizga faxr-iftixor, g‘urur bag‘ishlaydi, ko‘nglimizni ko‘taradi, – dedi Islom Karimov. – Zero, bu hamma xalqning ham, barcha millatlar farzandlarining ham qo‘lidan keladigan ish emas. Shunday paytlarda bundan 20 yillar oldin o‘zbek bolasining nufuzli xalqaro tanlovlarda ishtirok etishini, barchani hayron qoldirib, hayratga solishini tasavvur eta olarmidik, degan savol xayolimizdan o‘tishi shubhasiz. Bu yutuqlar mustaqilligimiz samarasi emasmi?!

Prezidentimiz yosh musiqachilarimizga har doim buyuk ajdodlarimizga munosib bo‘lishga intilishlari, buyuk xalqning farzandi ekanliklarini chuqur his etgan holda sahnaga chiqishlari lozimligini va bu ular erishadigan muvaffaqiyatlarning asosiy omili bo‘lishini alohida ta’kidladi.




Islom Karimov Toshkentdagi Turin politexnika universitetiga ham tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari dastlab universitet foyesida "Spark” – Asakadagi avtomobil zavodida 2010 yil avgust oyida ishlab chiqarila boshlagan yangi rusumdagi zamonaviy yengil avtomobilni ko‘zdan kechirdi. Ushbu avtomobil 81 ot kuchiga ega bo‘lib, 100 kilometrga 5 litr benzin sarflaydi. Konstruksiyasi yanada pishiq materiallardan tayyorlangan. U o‘zining texnik tavsiflaridan tashqari ichki va tashqi dizayni bilan ham avvalgi modellardan keskin farq qiladi.

Prezidentimiz Islom Karimov "Spark” avtomobiliga o‘z imzosini qoldirdi.

– Bizga mustaqillik shunday ulkan imkoniyatlarni yaratib berdi, – dedi mamlakatimiz rahbari. – Mana shu avtomobillar misolida biz ezgu niyatlarimizning ijobatini ko‘ramiz. Ayni paytda biz milliy avtomobil sanoatimizni rivojlantirishda nazariy jihatlar bilan cheklanib qolmasdan, bu borada amaliy ishlarga ustuvor ahamiyat berishimiz, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarni zamon talablari darajasida takomillashtirishga qodir mutaxassislarni tayyorlashga alohida e’tibor berishimiz lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 27 apreldagi qaroriga binoan tashkil etilgan ushbu oliy o‘quv yurti 1400 talabaga mo‘ljallangan. Bu yerda mashinasozlik texnologiyalari, avtomobilsozlik, sanoat va xo‘jalik qurilishi, arxitektura va sanoat dizayni, sanoatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi, energetika fakultetlari ochilgan.

Maxsus laboratoriyalarda talabalar dvigatel konstruksiyalari va texnologiyalarini, detallarni loyihalashtirishni, avtomobil yig‘ishning texnologik jarayonlarini o‘rganadi. Bevosita ishlab chiqarishga oid boshqa jarayonlar bilan tanishadi.

Texnopark ham talabalarning amaliy bilimi, ko‘nikma va tajribasini oshirishga xizmat qiladi. Bu yerda metall quyish, unga ishlov berish, konstruksiya va detallarning mustahkam va chidamliligini o‘lchash kabi qator amaliyotlar bajariladi.

Ushbu oliy o‘quv yurtida darslar ingliz tilida olib boriladi. Talabalarga o‘zbekistonlik o‘qituvchilar bilan birga Turin politexnika universitetining yetakchi mutaxassislari saboq beradi.

O‘qishdan bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun talabalar sport majmuida futbol, basketbol, voleybol, kurash, sambo, dzyudo, yengil atletika, suzish mashqlari va sportning qator boshqa turlari bilan shug‘ullanish imkoniga ega.

Universitet bilan tanishuv asnosida mamlakatimiz rahbari info-kioskka e’tibor qaratdi. E’lonlar, darslar jadvali, universitet hayotiga oid yangiliklar bilan mana shu elektron qurilma orqali tanishish mumkin. Talabalar uning yordamida kutubxonadan tegishli kitobni olish uchun buyurtma berish imkoniyatiga ham ega. Uning dasturi universitetning o‘zida ishlab chiqilgani diqqatga sazovordir.

– Biz axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish barobarida kompyuter dasturlari ishlab chiqishni yanada kengroq o‘zlashtirmog‘imiz darkor, – dedi Islom Karimov.

Prezidentimiz universitetdagi o‘quv va amaliy ta’lim jarayonlari bilan tanishdi, talabalarning bilim va tajribasini yanada oshirish yuzasidan zarur maslahatlar berdi.

– Toshkentda Turin politexnika universitetining ochilishi ertangi kunimiz, buyuk kelajagimiz sari qo‘yilgan yana bir muhim qadamdir, – dedi mamlakatimiz rahbari. – Bu dargohdan avtomobilsozlikning yetuk mutaxassislari, ayni paytda qator boshqa muhim sohalarda o‘z kasbining mohir ustalari bo‘lgan zamonaviy kadrlar yetishib chiqadi. O‘zbekistonda zamonaviy oliy o‘quv yurtlari ko‘p. Lekin bu dargoh reyting jihatidan Italiyada birinchi va Yevropada yettinchi o‘rinda turadigan Turin politexnika universiteti standartlari bo‘yicha ta’lim beradigan o‘ziga xos yagona ta’lim maskanidir.

Mamlakatimiz rahbari dunyoning atigi 18 mamlakatida yengil avtomobillar uchun dvigatellar tayyorlanishini, General Motors korporatsiyasi bilan hamkorlikda yurtimizda barpo etilayotgan motor zavodi ishga tushishi bilan O‘zbekiston ham bu davlatlar qatoridan mustahkam o‘rin olishini ta’kidladi.






Turindagi universitet huzurida Fiat, GM, AlItalia, Compaq, Ferrari, IBM, Michelin, Microsoft, Motorola, Nokia, Philips, Pirelli, Siemens kabi yirik korporatsiyalarning texnoparklari mavjud. Demak, Toshkentdagi universitet talabalari ularning tajriba va ishlanmalari, yutuqlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu nafaqat avtomobilsozlik, balki sanoatning yuqori texnologiyali boshqa tarmoqlari va dizayn sohasida ham O‘zbekistonning salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.




html-cсылка на публикацию
BB-cсылка на публикацию
Прямая ссылка на публикацию








Опубликовать




загрузка...

Kino ko'rsatmayabdimi?U holda Shu Yerga bosing va ishlamayotgan kinoning to'liq nomini yozib qoldiring.

Diqqat !

Serverdagi Nosozliklar Tufayli Ayrim Kinolar Faqat (Mozilla Firefox) Brauzerida Ko'rsatayabdi.
Agar Sizda Mozilla Firefox Brauzeri Bo'lmasa Uni O'rnatib Oling.Agar Mozilla Firefoxda ham Kinolar Ko'rsatmasa Adobe Flash Playerni O'rnating.Marhamat Pastdagi Rasmlarga Bosgan Holda Ushbu Programmalarni O'rnating.


Техника для склада в Москве: Гидравлические тележки, Электронные весы,
Биокондиционеры!

Прикрепления:
Категория: News/Новости | Просмотров: 1855 | Добавил: DxB-studio | Теги: 5.0/1 |
Всего комментариев: 8
0
Bu auto spark germaniyaga ham keladimi specool
+1
Old bumper stilini Toyota Sienna o`xshatishibdi-ku!
+1
VAPSHE DAHSHATA ADMIN SHU MOSHINANI NARHINIYAM YOZIB QOLDIRILA ILTIMOS
-1
AXLAT MOSHINA
+1
zur matis ekan lekin menga lasteni luksi yoqadi aftomat karopka, silardan iltimos shuni suratini chiqorsalaring.
0
[size=8][color=orange]
+1
zo'r ekan
+1
GAP YO MALADSI GAZINI BOS UZBEK
Имя *:
Email:
Код *:

 
 
 
© Copyright "UZBOYS.UZ". All rights reserved. 2008-2011 Хостинг от uCoz

The release is prepared by Ikromoka corporation and the "XaKeR" team