Название: O‘zbekistonda 2015-yilda 987,5 mingta ish o‘rni tashkil etiladi
 Гость
 21.10.2017
 Просмотры: 270

2014-yil 13-noyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisi ochildi. Senatorlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqilgan 2015-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturini ko‘rib chiqib, ma’qulladi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.

 

Foto: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

Foto: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

Ushbu Dastur “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni talablarini, aholi bandligi sohasidagi davlat siyosatining tamoyillari, ustuvor yo‘nalishlarini, tegishli maqsadli dasturlar va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilganligi ko‘rsatib o‘tildi.

Dasturni ro‘yobga chiqarish doirasida 2015-yilda O‘zbekistonda 987,5 mingta ish o‘rni, shu jumladan, sanoat, xizmat ko‘rsatish sohasi, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va ishlamayotgan korxonalarni qayta tiklashning maqsadli dasturlariga muvofiq 261,6 mingta ish o‘rni tashkil etish, shuningdek, kichik korxonalar va mikrofirmalarda, yakka tadbirkorlik va kasanachilik sohasida, fermer va dehqon xo‘jaliklarida 725,9 ming nafar odamning bandligini ta’minlash nazarda tutilmoqda. Mamlakatning olis tumanlarida ish o‘rinlari tashkil etishga alohida e’tibor qaratiladi.

2015-yilda Dastur parametrlariga muvofiq tashkil etiladigan yangi ish o‘rinlariga, shuningdek, mavjud bo‘sh va zaxira qilinadigan ish o‘rinlariga kasb-hunar kollejlarining 487,7 ming nafar bitiruvchisini ishga joylashtirish mo‘ljallangan.

2015-yilda ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturining tasdiqlangan parametrlari sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida uning respublika tumanlari va shaharlari, iqtisodiyot tarmoqlari va korxonalar kesimida ro‘yobga chiqarilishining muntazam va tizimli monitoringi tashkil etiladi.

 
 
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]