Название: O‘zbekistonda akademiklar sportga jalb etildi
 Гость
 28.06.2017
 Просмотры: 216

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi o‘z mutaxassislari orasida “Akademiada — 2014” sport musobaqalarini o‘tkazmoqda, deya xabar berdi “Turkiston-press” nodavlat axborot agentligi.

 

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi binosi. Foto: stv.uz

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi binosi. Foto: stv.uz

18-noyabrgacha “Akademiada — 2014”ning ilk bosqichi bo‘lib o‘tdi, unda sportning har xil turlari bo‘yicha Fanlar akademiyasining turli tashkilotlari xodimlari qatnashdi.

“Akademiada”ning final bosqichi dekabr oyining birinchi yarmida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda maxsus tayinlangan hakamlar hay’ati tennis, shaxmat, mini-futbol va sportning boshqa turlari bo‘yicha g‘oliblarni aniqlaydi.

 
 
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]