Название: O‘zbekistonda dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi
 Гость
 21.10.2017
 Просмотры: 296

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Gidrometeorologiya xizmati markazi 22—23-noyabr kunlari uchun ob-havo ma’lumotini taqdim etdi, deb xabar bermoqda Uz24.uz.

 

Foto: voqea.uz

Foto: voqea.uz

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan soniyasiga 3—8 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—2 daraja sovuq, kunduzi 10—12 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 5—10 daraja sovuq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 12—17 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqgacha, kunduzi 10—15 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—5 daraja iliq, kunduzi 13—18 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan soniyasiga 5—10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—5 daraja iliq, kunduzi 10—15 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 2—7 daraja sovuq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi.

 
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]